Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿🇰🇬 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.

◼️Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

◼️Ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazib, bir qator yirik qoʻshma loyihalarga start berdilar.

◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.

◼️Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

◼️Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov rafiqalari bilan birga Oʻzbekistonda Qirgʻiziston madaniyati kunlari boshlanishiga bagʻishlangan konsertda ishtirok etdilar.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🫥Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

- mulk huquqi;
- doimiy egalik qilish huquqi;
- doimiy foydalanish huquqi;
- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
- ijara huquqi;
- ikkilamchi ijara huquqi;
- xo‘jalik yuritish huquqi;
- operativ boshqarish huquqi;
- ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
- bepul foydalanish huquqi;
- renta;
- ipoteka;
- servitut;
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz
muhim

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtimizdagi qadamjolar

🇺🇿 Yurtimizdagi qadamjolar - Mazkur loyihamiz orqali yurtimiz bo‘ylab sayohat qilasiz va ana shunday maskanlar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishasiz.

😀 Namangan viloyati, Chortoq tumani - "Sulton-Uvays" majmuasi

👨‍💻 Bir necha asrlardan beri o‘z mahobati va o‘zgacha me’moriy ko‘rinishi bilan Namangan ko‘rkiga alohida xusn bag‘ishlab turgan "Sulton-Uvays" – el tilida «Baliqli ko'l» majmui haqida ma’lumot taqdim etamiz:
📹 https://youtu.be/FU0cx5rDZno

#DavKadastrPalata #yurtimizdagi_qadamjolar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📧 SAVOL: 2ta yer uchastkasida yashaymiz, biri kadastr qilinmagan. Shuni auksion savdosiga chiqarib, sotib olsam bo‘ladimi?

✍️ JAVOB: Bo‘sh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o‘rnatilmagan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki bo‘lgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi hisoblanadi. Ikkinchi yer uchastkasi bo‘sh bo‘lsa va qurilmalari bo‘lmasa auksionga qo‘yilishi mumkin, lekin bo‘sh turgan yerni e-auksion da boshqa bir fuqarolar yutib olish ehtimoli mavjudligini ham hisobga olish lozim.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #Dkpuz_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  15-19 iyul kunlari  jami  1 506 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer hisobotini raqamlashtirish jarayonlari

🇺🇿 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasining hududiy filiallar yer hisobini yurituvchi mutaxassislar tomonidan yer fondi toifalari, turlari va ulardagi oʻzgarishlar, yer uchastkalarining oʻrni va maydonlari, shuningdek, yer egalari, ijarachilar va ular oʻrtasida yerning taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

🫥 Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlarni huquqiy hujjatlari asosida toʻgʻri va sifatli kiritilish, kiritilgan maʼlumotlarda aniqlangan kamchiliklarni muddatida bartaraf etish boʻyicha, kuni kecha hududiy boshqarmalarning Davlat yer kadastriini yuritish shoʻbasi boshliqlari va mutaxassislari bilan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

💠 Bundan tashqari, yigʻilishda yer hisobotiga tegishli barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, “Uzkad” axborot tizimdagi yer balansi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash boʻyicha ham kelishib olindi.

#DavKadastrPalata #yer_hisobi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Murojaat
qilish tartibi

◼️ Davlat hokimiyati organlari, korxona va  tashkilotlarning ochiqlik va shaffoflik bilan ish yuritishi hozirgi kunda davr talabiga aylangan.

▶️ Shu o‘rinda murojaatlarning tartibi va talablari ham qonunchilikda belgilab berilganligini qayd etish lozim.

👍 Mazkur videosyujet orqali Davlat kadastrlari palatasiga bo‘ladigan har qanday murojaatlarning tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #murojaat_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXMdagi xizmatlarimiz


🌟 Davlat kadastrlari palatasining bir qancha xizmatlari aynan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

◾️Mazkur fotoinfografika orqali siz yana bir xizmatimiz haqida to‘liq malumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 17:21:24
Back to Top
HTML Embed Code: