Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-936-son, 17.07.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi


📃 Yer kodeksiga hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, endilikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari 10 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin boʻladi.

◼️Shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan mazkur yer uchastkalarida hamda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

◼️Bundan tashqari Yer kodeksiga pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga maydoni 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkalari ajratilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha kiritildi.

🫥 Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

◼️Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga doir vakolatlar berildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman, shahar filiali mutaxassislari tomonidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o'rganish, aholining muammolarini joyiga borgan holda ko'rib chiqib, hal etish ishlari davom etmoqda.

▫️Qashqadaryo viloyati 1,
2, 3, 4
▫️Andijon viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlar soati

Yurtimizda yangi islohotlar ko'paygani sari qonunchilikda o'zgarishlar ham ko'paymoqda. Bu esa har bir davlat xizmatichisining qonunchilikda ro'y berayotgan yangiliklardan muntazam ravishda boxabar bo'lib borishini talab etadi.

🌟 Shu munosabati bilan, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tashabbusi bilan qabul qilingan normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar mazmun-mohiyati bilan xodimlarni tanishtirish va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida hududiy boshqarma xodimlari ishtirokida huquqiy bilimlar soati tashkil etilmoqda.

⚡️ Bugun Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi mas'ullari boshchiligida "UZKAD tizimida ko'p qavatli uylarga tutash hududlarni mulkdorlar nomiga kadastr pasporti tayyorlash va davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi" mavzusida huquqiy o'quv seminari bo'lib o'tdi. Unda hududiy boshqarma mas'ullari masofadan "ZOOM" platformasi orqali ishtirok etdilar.

🗓 Shu kabi o'quv seminarlari haftada bir marotaba reja-grafik asosida o'tkazilishi belgilangan.

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿🇰🇬 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.

◼️Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

◼️Ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazib, bir qator yirik qoʻshma loyihalarga start berdilar.

◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.

◼️Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

◼️Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov rafiqalari bilan birga Oʻzbekistonda Qirgʻiziston madaniyati kunlari boshlanishiga bagʻishlangan konsertda ishtirok etdilar.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 03:33:33
Back to Top
HTML Embed Code: