Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🏪Hisobot davri: yanvar-iyun, 2024-yil

📁 Jami kelib tushgan: 500 220 ta
       Shakllantirilgan: 274 916 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joy nomlari tarixiga nazar - Sherobod


☯️ Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi bo‘yicha juda qiziq ma'lumotlar Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi bilan hamkorlikda tayyorlangan.

◼️Sherobod – bu nom qanday kelib chiqqan?

◼️Tarixchilar bu nom haqida nima deydi?

◼️Sherobod so‘zining ma’nosi nima?

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta  davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

◼️Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida:

▫️Qashqadaryo MTRK telekanalida;
▫️Surxondaryo MTRK telekanalida;
▫️UzA maqolasida;
▫️Ochun.uz ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️Sangzor.uz rasmiy telegram kanalida;
▫️"Jizzax ovozi" gazetasida;

◼️Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar, murojaatlar bilan ishlash to'g'risida:


▫️Samarqand MTRK telekanalida;
▫️"Zarafshon" gazetasida;
▫️"Asrnews.uz" ijtimoiy tarmoqlarida;

◼️Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va tuman, shahar filiallarida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida:

▫️Andijon MTRK telekanalida;
▫️"Post Jizzax" telegram kanalida;

◼️Hududiy boshqarmada "Yoshlar kuni" munosabati bilan o'tkazilgan uchrashuvlar to'g'risida Andijon MTRK telekanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  1-5 iyul kunlari  jami  1 655 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasporti

🌳 Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi:

▫️Murojaatlar
Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

💳 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

✍️ Bilishingiz muhim

📃 Tashkilotimizga taalluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun foydali bo‘ladigan mazkur loyihamizning navbatdagi soni ham eng dolzarb savollar sirasiga kiruvchi murojaat hisoblanadi.

🤝 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ "Menga tegishli bino-inshootni xususiylashtirib bering, - deya bizga ko'p bora murojaat qilishadi. Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizdagi jami ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🗓 Hisobot davri: 2024-yil 1-iyul holatiga ko'ra.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - millat dushmani


🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurash, poraxo'rlik illati oqibatlari, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, ularning kasbiy madaniyatni shakllantirish kabi masalalarda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida shu kabi uchrashuvlar quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▫️Xorazm viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Farg'ona viloyati

▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Samarqand viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi 119-son Farmoni bo‘yicha tegishli tartibda ishlar tashkil qilinmoqda.

📃Farmon bilan manzil ro‘yxatga kiritilgan 43 432 ta turar joylar xatlovdan o‘tkazilib, tegishli tuman, shahar ishchi guruhlar tomonidan 30 787 ta turar joyga mulk huquqlarini eʼtirof etish bo‘yicha ijobiy xulosalar tegishli tartibda to‘liq berilgan.

🌐 Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi Prezidium qarorlari bilan 2 877 ta turar joy egalariga yer uchastkasiga ijara huquqi, bino-inshootga esa mulk huquqni eʼtirof etish to‘g‘risida qaror hujjatlar taqdim qilindi.

🫥 Shuningdek, hozirda "O'zbekkosmos" agentligi tomonidan bugungi kunda 27 750 ta turar joylarning 2018-yil 1-may holatidagi rasmlari taqdim qilingan.Boshqa turar joylar bo‘yicha tegishli idoralar bilan ishlar davom ettirilib, soliq qarzdorliklarini undirish, "O'zbekkosmos" agentligidan yillar kesimida tegishli obyekt fotosuratlarini olish ishlari olib borilmoqda.

👔Maʼlumot uchun, Prezidentning 119-son Farmonida turar joylarga mulk huquqini eʼtirof etishda fuqaro ushbu uy-joydan 2018-yil 1-maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi besh yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi, huquqni eʼtirof etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasligi ko‘rsatilgan.

▶️ Mazkur videolarda Muynoq tumani Qazaqdaryo OFY hududidagi 50 ga yaqin, Chimboy tumani Qosterek mahallasida 23 ta va Bo'zatov tumani Bo'zatov ShFY 45 ta turar joy egalarining mulk huqiqini tasdiqlovchi hujjatlarni qo'lga kiritgan damlaridagi quvonchlariga sherik bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #Qoraqalpog_iston

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊  Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi  bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, 1-iyul holatiga

▫️  O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 439 507tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat  ish  kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimli va tajribali kadrlar - soha rivoji garovi


🌐 Zamon shiddat bilan o'tib borayotgan bir paytda, har bir sohaga joriy etilayotgan yangiliklarni doimo o'zlashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, kadastr tizimi kundan-kunga raqamlashib, soha bo'yicha ko'nikmalar kun sayin yangilanib bormoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda doimiy malaka oshirib borishlari haqida xabar bergan edik.

🗓 Joriy yilning 6 oyi davomida bilimlarini mustahkamlagan xodimlar, malaka oshirish kurslari jarayonidan lavhalarni batafsil mazkur videoda ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda raqamlashtirilayotgan arxiv hujjatlari

🌟Muntazam xabar berib borganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom etmoqda.

📃Hududlarda Markaziy apparat arxiv mutaxassislari ishtirokida o'tkazilgan seminarlar va tuman, shaharlardagi arxiv hujjatlari holati haqidagi ma'lumotlar quyidagi boshqarmalarda yoritildi:

▫️Andijon viloyati 1, 2
▫️Toshkent viloyati
▫️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalaniladi


🇺🇿 “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-245-son, 08.07.2024-y.) qabul qilindi.

📃Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:

◾️ Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantirish hamda aglomeratsiya hududlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar roʻyxati;

◾️ Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar roʻyxati;

◾️ Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar roʻyxati.

◼️Aholi ehtiyojidan kelib chiqib koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil qilish master-rejalarning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

◼️2024-yil 1-avgustdan joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-koʻngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandislari xalq xizmatida

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining tuman,shahar filial xodimlari "Kadastr xalq xizmatida" tamoyili asosida aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida manzilli o'rganish ishlari quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▫️Andijon viloyati 1,
2
▫️Surxondaryo viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃Ko‘chmas mulkni bo‘lish dalolatnomasini rasmiylashtirishda:

▫️ yangi tashkil etilayotgan ko‘chmas mulklar o‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan bo‘lishi zarur;

◾️ bo‘lish yer uchastkasiga nisbatan amalga oshirilganda yer uchastkasi bo‘linadigan bo‘lishi;

▫️ yer uchastkalari yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda yangidan tashkil etilishi hamda bo‘lish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi;

◾️ mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkasini bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan yer uchastkasi kelgusida undan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lishi zarur;

▫️ yakka tartibdagi turar joy binolarining bir qismi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga keladigan alohida yer uchastkalarida joylashgan bino yoki bino qismida kamida bitta yashash xonasi, oshxona hamda hojatxona mavjud bo‘lishi lozim, mulk huquqida tegishli bo‘lgan yer uchastkasi bundan mustasno;

◾️ yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar mustaqil ravishda yer uchastkasiga umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi orqali o‘tish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasi bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

▫️ yer uchastkasining yangi chegaralari uning bo‘linishidan avvalgi chegaralari asosida belgilanishi lozim, bunda yangi yer uchastkalarining maydonlari yig‘indisi hamda chegaralari avvalgi chegara va maydondan farq qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

◾️ bo‘linayotgan yer uchastkasiga tutash o‘zboshimcha egallab olingan yer uchastkalari tomonlar o‘rtasida bo‘linishiga va dalolatnomada ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/18 14:56:09
Back to Top
HTML Embed Code: