Telegram Web Link
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига келиб, “BYD Uzbekistan Factory” қўшма корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Джизакскую область и ознакомился с деятельностью совместного предприятия «BYD Uzbekistan Factory».

#Mirziyoyev #safar #Jizzakh #avtosanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar

🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman, shahar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿Ochilov Ulug'bek Oybek o‘g‘li - Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Zarafshon shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Azimov Xusniddin Turamurodovich - Davlat kadastrlari palatasi  Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Uluqberdiyev Karim Panjiyevich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Oltinsoy tumani filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🎤 JURNALISTIKA – yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi, biznes, ilm-fan hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro tushunish, ishonch va hamkorlikni mustahkamlovchi bo‘g‘indir.

🟢Bugun, 🌟Kadastr agentligi tizimida mana shu faoliyat bilan shug‘ullanayotgan barcha xodimlarni “27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan muborakbod etamiz. 💐

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlar va odob-axloq masalalari

🌟 Bugun Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalarning xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali o‘quv seminari tashkil etildi.

📃 Dastlab o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi" to‘g‘risidagi Qonuni mazmun-mohiyati ishtirokchilarga to'liq tushuntirib berildi.

◾️Shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarida odob-ahloq masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi mavzularda qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida ta'kidlab o'tildi. Yig'ilganlarning bu boradagi hayotiy mulohazalari bo'yicha fikrlari tinglandi.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududim haqida ma'lumot - Xorazm viloyati

🌟Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmatining ushbu yangi loyihasida respublikamizning har bir hududi haqida eng muhim ma'lumotlarni jamlangan.

📊 Yuqoridagi infografika orqali Xorazm viloyati hududi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh kadastrchi

🌐 Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallaridagi namunali yoshlar faoliyatini yoritish maqsadida "Yosh kadastrchi" loyihasi yo'lga qo'yilgan.

▶️ Mazkur videorolikda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida ish olib borayotgan "Yosh kadastrchi" faoliyati yoritilgan.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📤 SAVOL: Avval davlat ro'yxatidan o'tkazilgan noturar obektlar "Uzkad" tizimiga necha kunda òtkaziladi va to'lovi qancha miqdorda bo'ladi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga ko'ra, "Uzkad" integratsion tizimiga kiritish noturar obyektning maydonidan kelib chiqib, 5-25 ish kuni etib belgilangan va obyektning faqat o'zgartirish kiritilgan qismigagina to'lov undiriladi.

◼️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish muddati 2 ish kunini tashkil etib, avval ro'yxatdan o'tgan ko‘chmas mulk obyekti bo‘lsa, bepul amalga oshiriladi.

👔Ma'lumot uchun: Noturar obyektlarni "Uzkad" tizimiga o'tkazishda kadastr pasportini shakllantirish hamda unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kompozit xizmati joriy etilganligini ma'lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

◼️ Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladi.

◼️ “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQShning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

◼️ Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi.

◼️ Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

◼️ Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

◼️ Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

◼️ Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

◼️ Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

◼️ Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

◼️ Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

◼️ Endilikda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi.

◼️ Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

◼️ Jamg‘arma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochadi va to‘liq jihozlab beradi.

◼️ Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

◼️ “Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.

◼️ Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.

◼️ Mamlakatimizda qiyin ahvolga tushgan, alohida e’tiborga muhtoj yoshlar ham bor.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/17 12:21:18
Back to Top
HTML Embed Code: