Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🌐 Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi

🌐 Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar “YERELEKTRON” AAT orqali:

◾️ tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza zonalari hududlarning geografik joylashuvini;
◾️ ushbu hududda olib borilishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyat turini hamda qurilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini keltirgan holda hududlarning geografik joylashuvini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart.

😶‍🌫️Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning geografik joylashuvi “YERELEKTRON” AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.

🤫 Hududlarning geografik joylashuvi davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar tomonidan real vaqt rejimida WGS-84 koordinatalar tizimida yangilanadi.
Ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi yuzasidan davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari javobgardir.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joy nomlari tarixiga nazar

Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi sizga qiziq bo‘lsa, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi bilan hamkorlikda mazkur videoinformatsiyani e’tiboringizga havola etadi.

Farg'ona – bu nom qanday kelib chiqqan?

Tarix bu nom haqida nima deydi?

Farg'ona so‘zining ma’nosi nima?


Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi


🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-933-son, 19.06.2024-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritildi

Unga koʻra:

◼️ Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:

- mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming soʻmdan 3 mln 400 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi;

◼️Huddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

- mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

📌 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida

🇺🇿 Yurtimizdagi har bir islohotlar fuqarolarimiz hayotida uchrayotgan muammo va dolzarb masalalarni hal qilishga, ularning turmush sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. Shular qatorida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida ham fuqaro va tadbirkorlarning muammolarini joyiga borgan holda o'rganib, hal etish borasida muntazam ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida "Kadastr xalq xizmatida" nomidagi ushbu tashabbus quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Toshkent shahar

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизнинг Олмазор туманидаги “Inno” инновацион ўқув-ишлаб чиқариш технопаркига ташриф буюриб муҳандислик таълими бўйича таклифлар ҳамда илғор ишланмалар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил инновационный учебно-производственный технопарк "Inno" в Алмазарском районе столицы, где ознакомился с предложениями по развитию инженерного образования и передовыми разработками.

#Mirziyoyev #tanishuv #muhandislik #texnopark

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида муҳандислик соҳаларида кадрлар тайёрлаш ва олий таълим муассасалари фаолиятини янада такомиллаштириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам подготовки инженерных кадров и совершенствования деятельности высших учебных заведений.

#Mirziyoyev #videoselektor #oliytalim #muhandislik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Navoiy viloyati, Xatirchi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 25-iyun, soat 15:00 da

📍 Manzil: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Paraxun MFY, Mustaqillik ko'chasi, 34-uy. Xatirchi tumani hokimligi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 79 224 27 38 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy
mutaxassislar uchun o'quv seminari

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati mutaxassislari tomonidan "Yer uchastkasi va mulkka bo‘lgan huquqlarni belgilash" tartiblari bo'yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

🫥 Zoom platformasi orqali respublikamizning barcha viloyatlaridan qatnashgan kadastr mutaxassislari mazkur yo‘nalishdagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, onlayn yig‘ilish davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

◼️ Qayd etish kerakki, bu kabi huquqiy bilim soatlari tizimda muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 05:21:00
Back to Top
HTML Embed Code: