🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿🇷🇺Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo'ldi:
◼️Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi
boʻlib oʻtdi.◼️Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi
boʻlib oʻtdi.◼️Davlat rahbarlari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida
muzokara oʻtkazdilar.◼️O‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma bayonot imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida muhim ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi
bo‘lib o‘tdi.◼️Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari uchun
bayonot berdilar.◼️Ko‘ksaroy qarorgohidagi ikki tomonlama tadbirlar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda
daraxt ekdilar.◼️O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi «G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga
tashrif buyurdilar.◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi
bo‘lib o‘tdi.◼️Samarali O‘zbekiston-Rossiya sammiti yakuniga yetdi. Aeroportda Prezident Vladimir Putinni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbarlari
samimiy xayrlashdilar.#DavKadastrPalata #Prezident #Rossiya
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter