Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Samarqandda sayyor qabul

⚡️Bugun Samarqand viloyatining Pastdarg'om tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari N.Inamov boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

◼️Qabulga yig'ilgan fuqarolar va tadbirkorlarning kadastr bilan bog'liq masalalari tizim mutasaddilari ishtirokida birma-bir ko'rib chiqildi.

◼️Uchrashuvda 20 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Bir qanchasiga, ijobiy hal qilindi va huquqiy tushuntirishlar berildi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

9-may - Xotira va qadrlash kuni


Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – kitob misoli hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga jasorat bag‘ishlaydi.

😠may – Xotira va Qadrlash kuni ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

🔥Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasi umrbod xalqimiz yodidan o‘chmaydi. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xotira muqaddas - inson qadri abadiy!


Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. Mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlar, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniylarimizni sharaflash, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish istiqlol yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.

💠 Kuni kecha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tizim boʻyicha uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, o'z tajribalari va ko'rsatgan natijalari bilan yosh kadrlarga o'rnak bo'lgan mehnat faxriylar holidan xabar olinib, esdalik sovg'alari taqdim etildi va hurmat-ehtirom ko'rsatildi.

#DavKadastrPalata #xotira_va_qadr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hayotini kadastr tizimiga bog‘laganlar

🇺🇿 Davlatimizning rivoji yo‘lida, sohalarning ravnaq topishi uchun unda faoliyat olib boruvchi fidokor insonlarning faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Kadastr sohasida ham hayotini, umrini shu tizim rivojiga bag‘ishlagan ko‘pgina ustozlarimiz borki, ular doimo e’zozda.

Bugun ularning xotiralarini tinglab, yaqin o'tmish, kadastrning yaqin tarixiga nazar solamiz, toki tarixsiz kelajak yo‘q.

1-qism.

#DavKadastrPalata #xotira_va_qadr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat


◼️ Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ""Uzkad" tizimi joriy etilganiga 1 yil bo‘lsada, nega haligacha ko‘p joylar o‘tkazilmagan?!" sarlavhasi ostida post joylandi. Ushbu masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

▫️ Bugungi kunga qadar ko‘chmas mulklar bo‘yicha ma’lumotlar bir nechta axborot tizimlarida yuritilib va saqlanib kelingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24 avgustdagi PF-198-son Farmoniga asosan, Uzkad axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan!

📃 Batafsil: https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-05-09-3

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hayotini kadastr tizimiga bog‘laganlar

🇺🇿 Davlatimizning rivoji yo‘lida, sohalarning ravnaq topishi uchun unda faoliyat olib boruvchi fidokor insonlarning faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Kadastr sohasida ham hayotini, umrini shu tizim rivojiga bag‘ishlagan ko‘pgina ustozlarimiz borki, ular doimo e’zozda.

Bugun ularning xotiralarini tinglab, yaqin o'tmish, kadastrning yaqin tarixiga nazar solamiz, toki tarixsiz kelajak yo‘q.

2-qism.

#DavKadastrPalata #xotira_va_qadr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🖥 Davlat mulkidan foydalanganlik davri quyidagicha belgilanadi:

◼️Davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, joriy yil 1-yanvar sanasidan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️ijaraga beruvchi ishtirokida avval tuzilgan ijara shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, avvalgi ijara shartnomasi muddati tugagan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️davlat mulki ijara shartnomasiga kiritilmasdan ijaraga berilganda, shuningdek, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni kamaytirib ko‘rsatilganda, ijara shartnomasi tuzilgan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar.

◼️Bunda hisoblangan davr uchun to‘lov o‘sha yilga belgilangan ijara to‘lovining eng kam miqdoriga mutanosib hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizdagi
xonadonlar soni

🌟Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati o'z faoliyatiga doir qiziqarli yillik statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

▪️Ko'p qavatli uylar soni : 45 300 ta va ulardagi
▪️Xonadonlar soni: 1 519 112 tani tashkil etmoqda.

📊Batafsil ushbu videoinfografika orqali Respublikamizdagi jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'p qavatli uylar va ulardagi xonadonlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda ko'chalar soni qancha?

🌟Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tizim faoliyatiga doir qiziqarli statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

📊 2024-yil 1-may holatiga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tuman, shaharlarida jami 149 965 ta ko'chalar mavjud.

➡️ Batafsil mazkur infografika orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni "Mahallabay", "Xonadonbay" joyiga borgan holda hal etish va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida Namangan viloyati 1, 2 hamda Andijon viloyati tuman, shahar filiali xodimlari tomonidan fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlari ko'rib chiqildi.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/30 21:03:42
Back to Top
HTML Embed Code: