Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Marg'ilon shahrida sayyor qabul


⚡️ Ayni damda, Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov boshchiligida viloyat tizim mutasaddilari ishtirokida Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahrida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

📃 Qabulga 20 dan ziyod kadastr masalasi bilan bog'liq muammosi mavjud bo'lgan fuqarolar yig'ilib, mutasaddilardan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar olishmoqda.

🖥 Hozirgacha ko'rib chiqilgan murojaatlarning aksariyatini kadastr pasportini shakllantirish, yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi hamda egalik huquqini olish kabi mazmunlardagi murojaatlar tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasi "Avtomobilsiz kun" aksiyasida faol


⚡️ Bugun 24-aprel sanasida Toshkent shahrida avtomobillar harakatini qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

🌟 Mazkur aksiya doirasida Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati xodimlari ham faol ishtirok etgan holda ishga jamoat transporti yoki piyoda yurgan holda yetib kelib, ushbu tashabbusga befarq emasliklarini namoyon etishdi.

🌿 Ekologiya va atrof-muhitga zararni kamaytirish, sog'lom turmush tarziga rioya qilish maqsadida siz ham ushbu aksiyada faol ishtirok eting!

#DavKadastrPalata #avtomobilsiz_kun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 67 studio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлат кадастрлар палатаси ахборот хизмати раҳбари Муножатхон Йўлдошева иштирокида брифинг

Ер ҳисоби ва соҳага рақамли иқтисодиётни жорий этиш масалалари бўйича маълумот.

TelegramFacebookInstagramYouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya


🫥 O’zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Kartografiya kafedrasi 2024-yil 24-26-aprel kunlari o‘tkaziladigan «Geografik tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion kartografiya, masofadan zondlash metodlari va texnologiyalarining roli» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshladi.

💠 Bir qancha tashkilotlar va oliy o'quv yurtlari qatorida xorijiy vakillar ham ishtirok etgan konferensiyada Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda tizim tashkilotlari mas'ullari ham ishtirok etishdi.

🖥 Ilmiy-amaliy konferensiya asosidagi yalpi majlislarda kadastr tizimi mutasaddilari hamda xorijiy vakillarining mavzuga doir ma'ruzalari tinglandi. Seksiyalar bo'yicha o'tkazilayotgan majlislarda Kartografiya sohasida zamonaviy GAT, masofadan zondlash va web texnologiyalarni qo'llash masalalari, geodeziya sohasini rivojlantirishda zamonaviy texnika va tenologiyalarning o'rni va ahamiyati, davlat kadastrlarini yuritish va qishloq xo'jaligi yerlaridan samarali foydalanishda masofadan zondlash texnologiyalari va boshqa mavzularda xalqaro mutaxassislar ma'ruzalari o'qib eshittirildi.

◼️Shu jumladan, Universitet hududida talabalar uchun maxsus soha texnikalari namoyishi hamda mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Bunda sohaga qiziqishi mavjud, iqtidorli talabalar uchun Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bo'sh ish o'rinlari taklif etildi.

#DavKadastrPalata #Bilimga_e_tibor

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - Davlat va jamiyat taraqqiyotining eng katta kushandasi

◼️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshidir!

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

UZKAD tizimiga o'tish jarayonlari

◼️Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari R.Nishanov boshchiligida Andijon viloyatida "UZKAD" axborot tizimi va unga tizimli o'tish jarayonlari yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filialida o'tkazilib unda, "UZKAD" axborot dasturining imkoniyat va afzalliklari, dastur bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tizimli hal etish ishlari tanqidiy ko'rib chiqildi.

◼️Xususan, dasturga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlarini qayta ko‘rib chiqilish holatlari, tasdiqlangan reja grafik asosida ishlarni yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi.

#DavKadastrPalata #UZKAD #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Murojaatlar e'tiborda


🌟 Xabaringiz bor, Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining sayyor qabuli bo'lib o'tgan edi. Unda 70 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlari ko'rib chiqilib, o'rganib hal qilsh uchun biroz muddat talab etiladigan murojaatlar qat'iy nazoratga olingan edi.

◼️Sayyor qabulda nazoratga olingan har bir murojaat bugungi kungacha o'z yechimini topib kelmoqda. Mazkur videorolik orqali sayyor qabullar - murojaatlar yechimi ekanligi, fuqarolarning kadastr ishidan mamnunligini ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga qarshi murosasizlikni shakllantirish bo'yicha mutasaddilar tomonidan o'tkazilgan davra suhbatlari o'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2, 3, 4, 5
▫️Toshkent viloyati 1,
2, 3, 4
▫️Surxondaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Sirdaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Xorazm viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Samarqand viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlar oʻzlari turgan daftarlardan chiqarilmaydi

📃 Qarorga koʻra, talabgorlarga 30 yil muddatgacha kichik lotlarda “bir massiv – bir mahsulot” tamoyili asosida quyidagilar ijaraga beriladi:

- sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sugʻoriladigan ekin maydonlari;

- bogʻdorchilik-uzumchilik yoʻnalishlari uchun koʻp yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bogʻlar yer maydonlari;

- dorivor oʻsimliklar yetishtirish, chorvachilik yoʻnalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga moʻljallangan, lalmi, boʻz, yaylov va yangi oʻzlashtirilgan yer maydonlari.

◼️Talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari oʻlchamlari “mahalla yettiligi” taklifiga koʻra aniqlanadi.

◼️Yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi.

◼️Talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining “Yosh fermerlar” platformasi orqali amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Inson manfaatlari - oliy qadriyat!

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan "Kadastr xalq xizmatida" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️Aholi manfaatlari uchun yo'lga qo'yilgan ushbu tashabbus fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolariga ijobiy yechim topishda davom etmoqda.

▫️Jizzax viloyati 1, 2, 3
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 19:23:51
Back to Top
HTML Embed Code: