Telegram Web Link
Test sinovlari
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 12-iyul kuni 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti yangilandi!

Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan.

📝 Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

📚Talabgorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida botdagi savollar tarkibi yangilandi hamda uning ishlash funksiyasi takomillashtirildi.

🛠 Ushbu botning yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin!

👉🏻 @BMB_Quiz_bot 👈🏻


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:

🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan);
🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan;

👨🏻‍💻 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

❗️ Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Izoh: O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqshunoslik fanlariga oid e’tirozlar bo‘yicha

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida huquqshunoslik fanlaridan test topshiriqlarining ayrimlariga ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar bildirilmoqda.

Ma’lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi 4884-son qarorida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan o‘tkazishning yangi tartibi joriy qilinishi va test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuzilishi belgilangan.

Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda huquqshunoslik fanlaridan ham test topshiriqlari amaldagi DTS va o‘quv dasturlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarida huquqshunoslik fanlaridan foydalaniladigan test varianti tafsiloti Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy saytida e’lon qilingan.
Shuningdek, abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxati ham agentlik saytida joylashtirilgan bo‘lib, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test topshiriqlari normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda shakllantirilishi, qonun hujjatlariga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritilganda qonunning asl manbayi (O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – lex.uz. sayti)ga murojaat qilinishi bo‘yicha ham ma’lumotlar e’lon qilingan.

2024-2025-o‘quv yili qabuli test sinovlarida foydalanilgan va abituriyentlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan test topshirig‘ida O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish yoki ota-onalar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida so‘ralgan. Shu kabi test topshiriqlarini shakllantirishdan maqsad aynan huquqshunoslik yo‘nalishini tanlash istagida bo‘lgan abituriyentlarning shu sohada umumiy o‘rta ta’lim maktabida va akademik litseylarda olgan bilimlarini sinash, qolaversa, bu bilimlarni kundalik hayotda duch keladigan misollar orqali qay darajada tatbiq qila olishlarini aniqlashdan iborat.
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha shakllantiriladigan test topshiriqlari butun hujjat asosida emas, balki o‘quv dasturida keltirilgan qismidan tuziladi. Shunga ko‘ra huquqshunoslik fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirishda ham amaldagi DTS va o‘quv dasturlaridan chetga chiqish holatlari bo‘lmagan.

Bilimni baholash agentligi nafaqat huquqshunoslik fanlari bo‘yicha soha mutaxassislarini, balki barcha umumta’lim fanlaridan mutaxassislarni o‘zaro hamkorlikka taklif etadi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovi jarayonlaridan videolavhalar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

15-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘shimcha ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test topshiriqlari yuzasidan turli e’tirozlar e’lon qilinmoqda.

E’tiroz mualliflari amalda har bir jarayonni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar borligiga, har bir tashkilot ijrochi sifatida unga amal qilishiga e’tibor qaritishlarini so‘ragan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz:

1. Bilimni baholash agentligi ijrochi tashkilot sifatida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qiladi hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi.

2. Test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuzilganligini, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtirilganligini kafolatlaydi.

3. Huquqshunoslik fanlari bo‘yicha barcha test topshiriqlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasdiqlagan ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida shakllantirilgan. Test topshiriqlari Oliy ta’lim, fan innovatsiyalari vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari pedagoglari tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan, test variantlari respublikamizning barcha hududlarida aprobatsiyadan o‘tkazilgan.

4. Huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test varianti spetsifikatsiyasi 2023-2024-o‘quv yilida tasdiqlanib, Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali keng jamoatchilik ommasiga e’lon qilingan bo‘lib, 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘zgartirishlar kiritilmagan.

5. Murojaatlarda e’tiroz bildirilayotgan mavzular yuzasidan 2023-2024-o‘quv yili qabul imtihonlarida ham savollar shakllantirilgan, qabul imtihonlarida foydalanilgan test topshiriqlari yil davomida abituriyentlar diqqatiga diagnostik test materiallari sifatida taqdim etib kelingan.

6. Barcha fanlar bo‘yicha, jumladan, huquqshunoslik fanidan ham oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlov natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, belgilangan tartibda murojaat qilish mumkinligini eslatib o‘tamiz (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori).

7. Fuqarolardan test topshiriqlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmasdan turib, tasdiqlanmagan xabarlar asosida test topshiriqlariga asossiz ravishda “huquqiy baho” bermasliklarini so‘raymiz.

Hozirgi kunga qadar huquqshunoslik fanlari bo‘yicha 28 223 nafar abituriyent test sinovini topshirgan va ulardan 57 nafari maksimal (93) ball olganligini ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

16-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #RasmiyMunosabat

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga yordam ko‘rsatilmoqda

Davlat komissiyasining bayonida tayanch harakat a’zolarida va ko‘rishda nuqsoni bor nogiron bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarini topshirishda javoblar varaqasini bo‘yashda qulayliklar yaratilishi belgilangan.

2024-yil 18-iyul kuni 1-smenada Buxoro viloyati 3-bino (Yoshlik sport majmuasi basketbol sport zali)dagi test sinovlarida 45-46-guruhda nogironligi bo’lgan abituriyentlar test sinovlari topshirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda abituriyentga yordam ko‘rsatilyotganligi bo‘yicha video tarqaldi. 45-guruhda abituriyent X.Xaydarov ko‘zida nogironligi bo‘lganligi sababli javoblar varaqasini to‘ldirishda yordam so‘ragan. Ushbu abituriyentga javoblar varaqasini belgilashda guruh nazoratchisi tomonidan amaliy yordam berilgan.

Jarayon guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi bilan Bilimni baholash agentligi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ To‘rtinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

17-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovi jarayonlaridan videolavhalar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 04:10:31
Back to Top
HTML Embed Code: