Telegram Web Link
#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat

📆
2024-yil 11-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar

SAVOL: Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?

💡 JAVOB: my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish uchun parolni unutgan yoki telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar quyidagi usullar orqali muammoni bartaraf etishlari mumkin:

1️⃣ Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

2️⃣ Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin.

3️⃣ Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin. Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

Hurmatli abituriyentlar! Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning va parolingizni eslab qoling!!!


Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jamshidbek Odilov (BBA)
Sertifikatlarning amal qilish muddati va ularni tekshirish
#Abituriyent #Sertifikat #Qabul2024

📝 Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi.

📱 Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga (my.uzbmb.uz saytiga) kiritish lozim.

Dasturga kiritilgan sertifikatlarning haqiqiyligi va belgilangan talablarga mosligi Bilimni baholash agentligi tomonidan tekshiriladi va ularga 3 xil status beriladi:

ℹ️ Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

Bunda sertifikat abituriyent tomonidan noto‘g‘ri yuklanib, rad etilgan taqdirda, sertifikatni qayta yuklash mumkin.

Izoh: Sertifikatlarni tekshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum vaqt talab etadi.

— — —

Milliy sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan sana mezon sifatida olinadi.

Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa:

Abituriyent 20-iyungacha bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinadi.

Abituriyent 21-iyun kuni yoki undan keyin ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinmaydi.

— — —

Xalqaro sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda sertifikat dasturga yuklangan sana mezon sifatida olinadi.

Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa:

Abituriyent sertifikatni 20-iyungacha bo‘lgan muddatda dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinadi.

Abituriyent sertifikatni 21-iyun kuni yoki undan keyin dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinmaydi.

👉 @jtodilov 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalariga qabul
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 11-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Kimyo hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar

SAVOL: Joriy yilda maktabning 11-sinfini tamomladim, lekin haligacha attestat berilmadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishim kerakmi yoki ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi?

💡 JAVOB: my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Видеопособие по онлайн-регистрации для поступления в высшие и профессиональные образовательные учреждения (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Произведение оплаты за участие в тестовых испытаниях (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan apellatsiya natijalari

📣 2024-yil 28-aprel kuni matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 2024-yil 24-may kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2024-yil 31-may kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Abituriyentlarga eslatma!

2024-yil 12-iyun kuni joriy yil 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari e'lon qilindi.

‼️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari e'lon qilingunga qadar oliy va professional ta'lim muassasalariga qabul uchun my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan mazkur imtihonda ishtirok etgan va tegishli darajadagi sertikatga ega bo‘lgan bo‘lsalar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali sertifikatdan foydalanishni yoki foydalanmasliklari(rad etish)ni tasdiqlashlari so‘raladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun qayta tasdiqlangan fanlar majmuasi abituriyentlarga qulay shaklda taqdim etilmoqda.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 11-12, 18-19-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 13-maydan va 12-iyunga qadar(dam olish kunlaridan tashqari) gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 69 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #Statistika

⚡️2024 – 2025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 13-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 129 111 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 5 251 nafar
👉 Andijon viloyati -- 11 050 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 7 033 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 11 327 nafar

👉 So‘x tumani -- 194 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 5 719 nafar
👉 Namangan viloyati -- 7 074 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 9 254 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 10 435 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 13 057 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 4 786 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 4 398 nafar

👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 2 068 nafar
👉 Toshkent shahri -- 28 675 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 8 790 nafar


🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:

👨‍🏫
joriy yil bitiruvchilari -- 56 412 nafar
💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 72 699 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar -- 66 377 nafar
👩🏻‍🔧 ayollar -- 62 734 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 109 824 nafar
🇷🇺 rus tili -- 16 591 nafar
🔘 qoraqalpoq tili -- 2 250 nafar
🔘 boshqa tillar -- 446 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar

SAVOL: 2024-yil 12-iyun kuni yakunlangan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalari qachon e’lon qilinadi? Qabul yakunlangunga qadar e’lon qilinadimi?

💡 JAVOB: 2024-yil 11-maydan 12-iyungacha bo‘lib o‘tgan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalarini 20-iyunga qadar hisoblab, 20-21-iyun kunlari e’lon qilish rejalashtirilmoqda.





✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar

SAVOL: Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilinganda sertifikat oladigan bo‘lsam, sertifikatim shaxsiy kabinetimda avtomatik tarzda chiqadimi yoki o‘zim kiritishim kerakmi?

💡 JAVOB: Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan abituriyentlarning sertifikat ma’lumotlari ularning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda chiqadi. Milliy sertifikat ma’lumotlarini alohida kiritish talab etilmaydi.





✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 23:33:31
Back to Top
HTML Embed Code: