Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧 Bilimni baholash agentligi tomonidan har oy o‘tkazib kelinayotgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar soni borgan sari oshib bormoqda.

🤝 Eng quvonarlisi, mazkur imtihonlarda yosh yigit-qizlar ham ishtirok etmoqda va chet tilidan tegishli sertifikatlarga ega bo‘lmoqda.

▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 20-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bosh binosida aholi vakillari, talabalar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿2024-yil 26-may kuni kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 11,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 119 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul

Farg‘ona viloyatida sayyor qabul

📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 28-may kuni soat 12:00 da – Farg‘ona politexnika instituti binosida bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uddaburon” talabgorlar imtihondan chetlatildi

📝 2024-yil 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida 119 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

📱 Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq. Jumladan:

76 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun;

43 nafar talabgor imtihon vaqtida telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan.

Hurmatli talabgorlar! Turli qing‘ir yo‘llar bilan sertifikatga ega bo‘lishni emas, balki imtihonlarga puxta tayyorlangan holda o‘z bilimingiz bilan sertifikat olishni maqsad qiling.

▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 28-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Farg‘ona politexnika instituti binosida aholi vakillari, talabalar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabul ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-81-son farmoni, kirish test sinovlariga oid so‘nggi yangiliklar, test sinovi o‘tkazish jarayonlarini soddalashtirish, test topshiruvchilar uchun yanada kengroq imkoniyat, qulayliklarga asoslangan shart-sharoitlar yaratish, abituriyentlar uchun yaratilgan imtiyoz turlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

🔗 https://lex.uz/uz/docs/-6937332

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi

📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Farg‘ona viloyatida test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Bilimni baholash agentligi direktori M.Karimov 28-29-may kunlari Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib, agentlikning Farg‘ona viloyati bo‘limi binosining qurilish ishlari bilan tanishdi, mas’ul xodimlarga qolgan ishlarni ham qisqa muddatda yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, shuningdek, mazkur binoda abituriyentlar bilan birgallikda ularning ota-onalari uchun ham zarur sharoitlar yaratish zarurligiga alohida to‘xtaldi.

☝️Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi viloyat yoshlari uchun test sinovlarini yilning istalgan vaqtida topshirish imkoniyatini berishi, chet tillari va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari, diagnostik testlar va boshqa test sinovlari doimiy tashkil etilishi ma’lum qilindi.

☝️Shuningdek, viloyatda 2024 - 2025-o‘quv yilida oliy ta'lim tashkilotlariga qabul test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan katta sig‘imli binolar bilan ham tanishildi. Mazkur binolarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.


👉 Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2024/09/29 19:25:43
Back to Top
HTML Embed Code: