Telegram Web Link
⚡️Bank-moliya akademiyasi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish imtihonlari o‘tkazildi

📍2024-yil 5–6-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlari 2 smenada tashkil etildi.

❗️Imtihonlarda Bank-moliya akademiyasiga kirish uchun hujjat topshirgan 5 221 nafar talabgordan 4 039 nafari ishtirok etdi, 1 182 nafari esa qatnashmadi. Imtihonlarda belgilangan tartib-qoidani buzgan 3 nafar talabgor chetlatildi.

‼️ Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bo‘yicha esa 569 nafar talabgordan 525 nafari test sinovlarida qatnashdi, 44 nafari ishtirok etmadi.

❇️ Test sinovi natijalari tegishli ta'lim muassasalari tomonidan e'lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy bayonot

So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikka nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan o‘qishga taklif qilish bo‘yicha turli SMS-xabarlar yuborilmoqda.

Bu holat nafaqat joriy yilda, balki o‘tgan yillarda ham kuzatilgan.

Qayd etish kerakki, ushbu xabarlar faqat abituriyentlarga emas, barchaga, jumladan, Agentlik xodimlariga ham kelmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

1) Agentlik fuqarolarning roziligisiz uchinchi shaxslarga ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etmaydi (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OTMlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bundan mustasno).

2) Agentlikning axborot tizimlarida axborot xavfsizligi ta'minlangan bo‘lib, ularga hech qanday kiberhujum uyushtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan abituriyentlarning ma'lumotlari qo‘lga kiritilmagan.

Shu o‘rinda fuqarolarga ishonchsiz manbalardan foydalanmaslikni va turli manbalarga shaxsiy ma'lumotlarini kiritmaslikni tavsiya qilamiz.

Fuqarolarimizda ushbu holat yuzasidan shubha bo‘lgan taqdirda, Agentlik tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish o‘tkazilishiga tayyorligini ma'lum qiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlari ko‘rib chiqildi

📋 2024-yil 10-sentabr kuni OTMlariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi.

👨🏻‍🎓 Bunda 124 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 13 nafari ( 10,5%) jarayonda ishtirok etdi, 111 nafari esa ishtirok etmadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔 TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari endi Agentlikda

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha ikki tashkilot kelishuvi asosida Agentlikda TOEFL ITP hamda TOEIC testlari o‘tkazib kelinmoqda.

🗓 Joriy yilning sentabr oyidan boshlab Agentlikda “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan TOEFL IBT hamda “Graduate Record Examinations - GRE” imtihonlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

💻 Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences)ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish shartlari, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan www.ets.org sayti orqali tanishish mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

📋 Ma'lumki, joriy yil 22-avgustdan boshlab belgilangan sanalarda OTMlariga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentabr kuni to‘liq yakuniga yetdi.

👨🏻‍🎓 Apellatsiya komissiyasi tomonidan 4 055 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 831 nafari (20,5%) jarayonda ishtirok etdi, 3 224 nafari esa ishtirok etmadi.

🏢Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yilda ilk marta Nukus shahrida apellatsiya shikoyati bergan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor Apellatsiya komissiyasi tashkil etildi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

📋 “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📱 So‘rovnoma 2024-yilda bo‘lib o‘tgan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So’rov U-Report – yoshlar muloqot platformasida o’tmoqda: 👉 @UReportUzbBot

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat uchun biologiya va kimyo fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi

Agentlik tomonidan biologiya va kimyo fanlaridan yangi formatda milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 22-sentabr kuni aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi.

📱 Bunda biologiya va kimyo fanlaridan tayyorgarlik ko‘rayotgan va ushbu fanlardan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinadi.
Bunda:
👉 biologiya fani uchun https://my.uzbmb.uz/service/28 havolasi orqali;
👉 kimyo fani uchun https://my.uzbmb.uz/service/27 havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📍 Biologiya va kimyo fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Nukus shahri, viloyatlar markazi hamda Toshkent shahrida tashkil etiladi.

🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib (hududlarda har bir fandan 60 nafar), hududlar uchun belgilangan o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish yakunlanadi. Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul.

❗️Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida biologiya va kimyo fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari o‘tkazildi

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

📆 Joriy yil 13-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Unda talabgorlar Bilimni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar.

❗️Test sinovlarida 900 nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi. Imtihon natijalarini talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 17:29:12
Back to Top
HTML Embed Code: