Telegram Web Link
🇺🇸 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 12-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi.

❗️ Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi.

🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

🖥 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m

🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma

📱 @dtmtoefl

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda

🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
tinglab tushunish
o‘qish
gapirish
so‘z boyligi va grammatika
yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

📆 Test sinovi 13-iyunda tashkil etiladi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 12-iyun ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m.

🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati).

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda

🇬🇧 iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 12-iyun kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m

iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda.

📎 Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 4-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PF-81-son farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra oliy ta’lim bakalavriyatiga qabul 5-iyundan boshlanishi belgilangan, shu sababli TOEFL iTP imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyungacha etib belgilandi.
❗️ Imtihon 15-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi.

🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

🖥 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m

🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma

📱 @dtmtoefl

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PF-81-son farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra oliy ta’lim bakalavriyatiga qabul 5-iyundan boshlanishi belgilangan, shu sababli TOEFL ITP imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyun 23:59 gacha etib belgilandi.

🖥 Imtihon 15-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PF-81-son farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra oliy ta’lim bakalavriyatiga qabul 5-iyundan boshlanishi belgilangan, shu sababli 🇺🇸 iTEP imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyun 23:59 gacha etib belgilandi.

🖥 Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PF-81-son farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra oliy ta’lim bakalavriyatiga qabul 5-iyundan boshlanishi belgilangan, shu sababli Attanal Alarabi imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyun 23:59 gacha etib belgilandi.

🖥 Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PF-81-son farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra oliy ta’lim bakalavriyatiga qabul 5-iyundan boshlanishi belgilangan, shu sababli 🇺🇸 iTEP va Attanal Alarabi hamda TOEFL ITP imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyungacha etib belgilandi.

🗓 iTEP va Attanal Alarabi imtihonlar 13-iyun kuni, TOEFL ITP imtihoni 15-iyun kuniga belgilandi.

⚠️ Imtihon Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Profilaktika ishlari oilb borilmoqda

⚙️2024-yil 3-iyun kuni 18:00 dan 23:59 ga qadar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida profilaktika ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

📶 Shu sababli 3-iyun (bugun) kuni soat 18:00 dan 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi

Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

❇️ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):

❇️ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul

📆 2024-yil 9-iyun kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.

📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin.

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga 09:00 dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ro‘yxatdan o‘tish
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ro‘yxatdan o‘tish va sertifikatlar
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 7-iyun kuni o‘tkazilgan abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish va sertifikatlarning qoʻllanishi bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon bo‘lib o‘tdi

2024-yil 9-iyun kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkazildi.

📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etildi va unda 2 597 nafar talabgor ishtirok etdi.

Maxsus psixologik tanlovda talabgorlarga 50 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 40 daqiqa vaqt berildi.

📝 Yozma imtihon esa audiomatn asosida diktant shaklida o‘tkazildi.

💯 Maxsus psixologik tanlovda ham, yozma imtihonda ham maksimal ball 100 ballni tashkil etadi.


Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar

SAVOL: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi?

💡 JAVOB: Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi.


Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar

SAVOL: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(
my.uzbmb.uz saytiga) kiritish talab etiladimi?

💡 JAVOB: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(
my.uzbmb.uz saytiga) kiritishi lozim.


Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 17:36:14
Back to Top
HTML Embed Code: