Telegram Web Link
Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti yangilandi!

Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan.

📝 Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

📚Talabgorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida bot savollar tarkibi yangilandi hamda uning ishlash funksiyasi takomillashtirildi.

🛠 Ushbu botning yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin!

👉🏻 @BMB_Quiz_bot 👈🏻


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

⌚️ Gapirish ko'nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi 2024-yil 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚡️💻 Aprobatsya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/create/57 havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin.

⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-may soat 08:00 gacha.
Test sinovi narxi: 25 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-may soat 10:00 gacha.
📱 @bba_ilmiy_markaz
https://www.tg-me.com/BaholashUz/6512
📞 (95) 507-70-72
📞(95) 515-68-68
🇺🇸 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 10-may soat 10:00 ga qadar davom etadi.

❗️ Imtihon 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi.

🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

🖥 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m

🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma

📱 @dtmtoefl

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

🇬🇧 iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 10-may kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
tinglab tushunish
o‘qish
gapirish
so‘z boyligi va grammatika
yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

📆 Test sinovi 11-mayda tashkil etiladi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 10-may ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m.

🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati).

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Guruh nazoratchiligiga nomzodlar tanlab olindi

📣
Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

📱 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar 10 ming nafardan ziyod talabgor guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

📝 2024-yil 25-martdan 5-aprelga qadar guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi va seminar yakunida maxsus test sinovi o‘tkazildi.

▶️ Unda 7 ming nafardan ziyod nomzod ishtirok etdi va test sinovi natijalariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 4 ming nafarga yaqin nomzod tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etildi.

2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra 3 100 nafardan ziyod nomzod guruh nazoratchisi sifatida tanlab olindi.

Bundan tashqari eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga yordam berish uchun 150 nafarga yaqin surdotarjimon bilan ham shartnoma imzolandi.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 20-21, 28-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 22-apreldan va 8-mayga qadar(dam olish kunlaridan tashqari) gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 31 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 23 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy aloqalar kengaytirilmoqda

🇺🇿🇬🇧Ma'lumki, joriy yil fevral oyida Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi Angliya, Fransiya davlatlariga amaliy tashrifi davomida “Oxford University Press” tashkilotida ham bo‘lib, o‘zaro hamkorlik qilishga kelishilgan edi. Ushbu hamkorlikni davom ettirish maqsadida 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi Bilimni baholash agentligiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya vakillari Agentlikning Namangan viloyatida qurib foydalanishga topshirilgan test sinovlari o‘tkaziladigan binosida bo‘lib, u yerda talabgorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Tashrifning ikkinchi kunida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, “Oxford test of English” testini Agentlik bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlarida tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

🇺🇿🇬🇧Uchrashuv yakunida Bilimni baholash agentligi hamda “Oxford University Press” tashkiloti o‘rtasida baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan Memorandum imzolandi.


👉 Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Bilimni baholash agentligiga 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi.



Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat

Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha ovozli chat

📆
2024-yil 16-may (payshanba) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etadi va savollarga shaxsan javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.

Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

📅 Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (https://my.uzbmb.uz/service/10 sayti orqali) 19-may kuni to‘xtatiladi.
❗️ Qabul qilingan buyurtmalar 24-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 31-maygacha qabul qilinadi va 4-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video_chat   #Milliy_sertifikat   #Rash

Milliy sertifikat imtihonlarining natijalarini hisoblashda Rash modeli bo‘yicha 2024-yil 16-may kuni o‘tkazilgan videochat (1-qism)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video_chat   #Milliy_sertifikat   #Rash

Milliy sertifikat imtihonlarining natijalarini hisoblashda Rash modeli bo‘yicha 2024-yil 16-may kuni o‘tkazilgan videochat (2-qism)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul

Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul

📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 20-may kuni soat 12:00 da – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 18-19-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 32,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 49 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2024/09/29 13:24:55
Back to Top
HTML Embed Code: