Telegram Web Link
⚠️ Diqqat! Hurmatli talabgorlar

📌 3-aprel kuni bo'lib o'tadigan mock test sinovi sanasi 17- aprelga ko'chirilganini ma'lum qilamiz.

🔰 Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. Test materiallarni chop etishda va viloyatlarga yetkazib berishda muammolar yuzaga kelganligi sabab mock test sinovi vaqtini o'zgartirdik.

Ro'yxatdan o'tish va to'lovni amalga oshirishni oxirgi muddati 9-aprel soat 10:00 ga qadar davom etadi.
👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda

🗓 Navbatdagi “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” (🎧 listening , 📕reading ) bo‘yicha 48 soatlik malaka oshirish kursining onlayn (📹 Zoom va Canvas platformasi orqali) mashg’ulotlari 22-aprel kuni boshlanadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan 🎧 tinglab tushunish, 📕 o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash uchun test topshiriqlarni tuzushning nazariy va amaliy mashg‘ulotlari (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

👩‍❤‍👨 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 20-aprel kuniga qadar

👉 https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service

ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.

👩‍❤‍👨 Mashg‘ulotlar 22-apreldan 13-maygacha davom etadi

⚡️ Tinglovchilar 1 050 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin ( 20-aprel kuniga qadar to'lovni amalga oshirish muddati belgilangan).

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 507-70-72

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

🇬🇧 iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 30-martdan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (26-28-aprel) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Speaking yangi format.pdf
347.9 KB
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati

Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda.

✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formatining approbatsiyasi

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

⌚️ Ushbu yangi formatdagi approbatsiya test sinovi 2024-yil 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚡️💻 Approbatsya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 9-may kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.

⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-may soat 08:00 gacha
Narxi: 25 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-may soat 10:00 gacha
📱 @bba_ilmiy_markaz
https://www.tg-me.com/BaholashUz/6512
📞 (95) 507-70-72
📞(95) 515-68-68
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

⌚️ Gapirish ko'nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi 2024-yil 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚡️💻 Aprobatsya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin.

⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-may soat 08:00 gacha.
Test sinovi narxi: 25 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-may soat 10:00 gacha.
📱 @bba_ilmiy_markaz
https://www.tg-me.com/BaholashUz/6512
📞 (95) 507-70-72
📞(95) 515-68-68
⚡️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi

Xabaringiz bor, 2024-yil birinchi yarimyillik uchun e'lon qilingan taqvimga muvofiq joriy yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

✍️Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, imtihon o‘tkazish sanasiga o‘zgartirish kiritildi.

Kimyo va geografiya fanlar
idan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 26-may kuni o‘tkaziladi.

📱Imtihon o‘tkazish smenasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Sirdaryo viloyatida test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Bilimni baholash agentlik direktori M.Karimov 2-4 may kunlari Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib, agentlikning Sirdaryo viloyati bo‘limi binosi qurilish ishlari bilan tanishdi, mas’ul xodimlarga qolgan ishlarni ham qisqa muddatda yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, tashqi kommunikatsiya ishlari, ota-onalar kutish joyi, obodonlashtirish va boshqa zarur bo‘ladigan ishlarni sifatli darajada yakuniga yetkazish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

▶️ M.Karimov tomonidan mazkur bino viloyat yoshlari uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyekt ekanligi, bu yerda yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratilib, ularga test sinovlarini yilning istalgan vaqtida topshirish imkoniyatini beruvchi chet tillari va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari, diagnostik testlar va boshqa test sinovlari doimiy tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, viloyatda 2024 - 2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan katta sig‘imli binolar bilan ham tanishildi. Mazkur binolarda abituriyentlar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti yangilandi!

Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan.

📝 Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

📚Talabgorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida bot savollar tarkibi yangilandi hamda uning ishlash funksiyasi takomillashtirildi.

🛠 Ushbu botning yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin!

👉🏻 @BMB_Quiz_bot 👈🏻


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

⌚️ Gapirish ko'nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi 2024-yil 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚡️💻 Aprobatsya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/create/57 havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin.

⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-may soat 08:00 gacha.
Test sinovi narxi: 25 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-may soat 10:00 gacha.
📱 @bba_ilmiy_markaz
https://www.tg-me.com/BaholashUz/6512
📞 (95) 507-70-72
📞(95) 515-68-68
2024/09/28 19:21:41
Back to Top
HTML Embed Code: