Telegram Web Link
Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo'yicha test topshiriqlalini shakllantirish o`quv dasturi asosida malaka oshirish kurslari

Malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul

📱 2024-2025-o‘quv yili uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga (bakalavriat) talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda 2024-yil 1-martga qadar davom etadi.

“Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹 dastlabki tanlov;
🔹 maxsus psixologik tanlov;
🔹 yozma imtihon (diktant);
🔹 test sinovlari.

🌐 Kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti va telegram kanalida berib borilmoqda.

📞 Qabul bilan bog‘liq savollarga 71 202-04-96 (ichki 1727) telefon raqami orqali javob olish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

♻️ Ro‘yxatdan o‘tish agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

🔶 Imtihonlar Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

☎️ Murojaat uchun telefonlar: (95) 515-68-68

lmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Diagnostik test natijalarini onlayn bilish imkoniyati yaratildi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishmoqda va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqda.

📝 Mazkur xizmatni takomillashtirish va talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida diagnostik test sinovi natijalarini onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi.

📱 Endilikda talaborlar my.uzbmb.uz saytiga test topshiriqlari kitobi raqamini kiritib, o‘zi to‘g‘ri deb bilgan javoblarni belgilagan holda diagnostik test sinovi natijasini bilishlari mumkin.

🔗 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/service/96

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2024-yil 28-yanvar kuni kimyo va geografiya fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 17-18-fevral kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 19-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📱 Ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish 25-fevral kuniga qadar, to‘lovni amalga oshirish esa 26-fevral kuniga qadar (shu kunlari ham) davom etadi.

Test sinovi 2-3-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: imtihon natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

🇺🇸 iTEP - International Test of English Proficiency Ingliz tili bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi va u nomzodlarning Listening, Reading, Writing, Speaking, Grammar kabi ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi.

👩‍❤‍👨 Ro‘yxatdan o‘tish agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

🗺 Imtihonlar Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi.

🖼 Ma’lumot uchun, mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nostrifikatsiya BBA
Nostrifikatsiya - 29-fevral va 1-mart 2024-yil.pdf
456.3 KB
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 29-fevral va 1-mart kunlari o‘tkaziladi

📆 2024-yil 29-fevral va 1-mart kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etiladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-02-01

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinadi

🇹🇷 2024-yil 27-fevral kuni Bilimni baholash agentligida Turkiyaning Istanbul Okan universiteti (İstanbul Okan Üniversitesi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv mobaynida baholash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, seminar-treninglar tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni asosida beriladigan turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinishiga kelishildi.

Ma’lumot uchun: Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan milliy sertifikat 2023-yildan Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olingan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 3-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 13:30 dan boshlab (test sinovi 15:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimyo va geografiya fanlaridan apellatsiya natijalari

📣 2024-yil 28-yanvar kuni kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 2024-yil 14-fevral kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 3-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 7 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 21:33:32
Back to Top
HTML Embed Code: