Telegram Web Link
#Эрталабки_саф_йиғилиши

Хабар берганимиздек, туманимиз ҳудудини санитар тозалаш тадбирларини ташкил этиш учун тумандаги секторлар кесимида сектор раҳбарлари ва масъуллари бошчилигида ҳар куни эрта тонгдан эрталабки саф йиғилишлари ўтказилмоқда.

Шунингдек, бугун ҳам туманимиздаги 4 та сектор кесимида ҳудудларда маҳаллалар еттилиги, БСК ходимлари ва тегишли ташкилотлар масъуллари иштирокида ўтказилган эрталабки саф йиғилишида маҳаллалар ҳудудида олиб бориладиган санитар тозалаш ишлари, аҳоли муаммоларини ўрганиш ва бартараф этиш чораларини кўриш бўйича ишлар режалаштириб олинди.

👉👉👉 Айни дамда туманимизнинг барча маҳаллалари ва катта кўчалари атрофида, яшил майдонларда кенг қамровли ободонлаштириш ишлари олиб борилмоқда.

🔵 @Сhilonzor_tumani_hokimligi
🔰Isitishda yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi

🔹Qonunchilikka ko‘ra, binolarda (inshootlarda) faqat sanoatda (zavodda) ishlab chiqarilgan issiqlik hosil qiluvchi qurilmalardan (shu jumladan, issiqlik to‘plamaydigan pechlardan) va isitish moslamalaridan (turli buyumlardan yasalgan pechlar bundan mustasno) foydalanishga ruxsat etiladi.

🔹Isitish mavsumi boshlanishidan oldin pechlar, qozonlar, issiqlik hosil qiluvchi uskunalar hamda boshqa isitish anjomlari va tizimlari tekshirilgan va ta'mirlangan bo‘lishi kerak. Nosoz isitish pechlari, qozonxona jihozlari, issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish taqiqlanadi

Boshqa
yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#2024_yil_1_oktyabrdan

🗓 Qonunchilikda 1-oktyabrdan nimalar o'zgaradi?


🔹Xavflilik darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlar ro'yxatdan o'tkaziladi BATAFSIL;

🔹Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtiriladi BATAFSIL;

🔹Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanganlarga birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi BATAFSIL;

🔹Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo'shimcha litsenziya talablari joriy etiladi BATAFSIL;

🔹Parranda go'shtini olib kirishda belgilangan bojxona boji bo'yicha imtiyoz bekor qilinadi BATAFSIL;

🔹Yoshlar ishlari agentligi xususiy o'quv markazlarining reytingini tuzadi BATAFSIL;

🔹Davlat xaridlari tizimida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi BATAFSIL;

🔹Nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi BATAFSIL;

🔹Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag'batlantiriladi BATAFSIL;

🔹Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratiladi BATAFSIL;

🔹Zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi BATAFSIL;

🔹Zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalarni import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi BATAFSIL;

🔹Ovchilik guvohnomasini berishning yangi tartibi o'rnatiladi BATAFSIL;

🔹Pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga oshiriladi BATAFSIL;

🔹Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi BATAFSIL;

🔹Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi BATAFSIL.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT, E’LON!


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan navbatdagi onlayn audio muloqot bo‘lib o‘tadi.

🔴 Jonli efir boshqarmaning telegram platformasi orqali tashkil etiladi.

🕔 Vaqti: 2024-yil 2-oktabr, soat 15:00 da.

#Kadastr #audio_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
Video
#Куз_қиш_мавсумига_тайёргарлик_Чилонзорда
#1_сектор

Мана, куз фаслининг иккинчи ойи ҳам бошланди. Айни дамда кўпқаватли уйлар, ижтимоий объектлар ҳамда коммунал хизмат кўрсатиш тармоқларида куз-қишга тайёргарлик жараёнлари бўйича дастурлар ижроси, бу борада аҳолидан тушаётган мурожаатлардаги муаммоларни бартараф этиш ишлари изчиллик билан давом эттирилмоқда.

Шунингдек, туман ҳокими раҳбарлигидаги 1-секторда жойлашган маҳаллалар ҳудудида ҳам совуқ мавсумларни беталофат ўтказиш бўйича барча тайёргарлик ишлари амалга оширилмоқда. Жумладан:

➡️ Сектор ҳудудидаги кўпқаватли уйларнинг йўлакларига 62 квадрат метр замонавий акфа ромли фрамуга ойналари ўрнатилди;

➡️ Кўпқаватли уйлар йўлакларидаги 60 та электр шитлар таъмирланди;

➡️ Ертўла қисмларидаги 594 пагонаметр қувурлар янгиланди;

➡️ Коммуникация тармоқларидаги 28 та задвижка алмаштирилди;

➡️ Коммунал тармоқларга 112та янги винтеллар ўрнатилди;

➡️ 4 та болалар майдончаси таъмирланди;

➡️ Кўпқаватли уйларнинг том қисмидаги 5 минг 494 пагонаметр таъмирталаб қисмлари таъмирланди;

➡️ Кўпқаватли уйлардаги 12 та таъмирталаб кириш йўлаклари таъмирланди.

➡️ Куз-қиш мавсумига тайёргарлик бўйича ишлар яна давом эттирилмоқда.

📣📣📣 Шу ўринда, 1-сектор таркибига кирувчи маҳаллалар аҳолисидан турур жойларида кўпқаватли уйларнинг том қисмида, ертўлалардаги коммуникация тармоқларида, электр шитларда ва бошқа тизимларда камчилик ва муаммолар бўлса, албатта ўз вақтида мурожаат қилиб хабардор қилишингизни ҳамда камчиликларнинг ўз вақтида бартараф этилишига ҳисса қўшишингизни сўраймиз.

👉👉👉 Мурожаатларингизни https://www.tg-me.com/murojaat_chati орқали юборишингиз ёки 1056 қисқа рақамига телефон қилиб етказишингиз мумкин. Бундан ташқари, Сизнинг тураржойингиз бириктирилган БСК (Бошқарув сервис компанияси)га тўғридан-тўғри мурожаат қилишингиз мумкин.

🔵 @Сhilonzor_tumani_hokimligi
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Chilonzor #Uchtepa
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

◼️Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa eng muhim vazifalardan.

◼️Shundan kelib chiqib, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍Navbatdagi davra suhbatlari Chilonzor hamda Uchtepa tumanlarida tashkil etildi.

◼️Unda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib, uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◼️Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi muhim masalalar ham kun tartibida boʻldi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 20:31:27
Back to Top
HTML Embed Code: