Telegram Web Link
#Ўқув_курси
#Нутқ_маданияти_ва_нотиқлик_маҳоратини_ошириш

Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida “Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish” kursi tashkil etilgan edi.

Bugun ushbu kursni bitirgan tinglovchilarga sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi.

Ushbu kursda respublikaning taniqli notiqlari, jurnalistlari, psixologlari tinglovchilarga nutq madaniyatidan dars beradilar.

Davlat fuqarolik xizmati xodimlari, umuman har bir insonga chiroyli nutq ko‘rk bag‘ishlaydi. Fikrni aniq va chiroyli yetkazib bera olish qobiliyati barcha uchun zarur.

Agarda siz ham xodimlaringiz, hamkasblaringiz oldida chiroyli nutqingiz bilan ajralib turishni xohlasangiz, hoziroq kursimizga yoziling.

🔵 @Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Ўқув_тактик_машғулот

Туманимизнинг "Қозиработ" маҳалласида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги тизими масъуллари, Туман ФВБ мутасаддилари ва ходимлари, туман Тиббиёт бирлашмаси, Қизил ярим ой жамияти туман бўлими ва бошқа тегишли ташкилотлар билан ҳамкорликда "Аҳолини зилзила вақтида ҳаракатланишга тайёрлаш" мавзусида махсус ўқув-тактик машғулоти ўтказилди.

🔵 @Сhilonzor_tumani_hokimligi
2024/09/28 19:26:34
Back to Top
HTML Embed Code: