Telegram Web Link
Angren universitetida xalqaro hamkorlik loyihalari davom etmoqda!

🇨🇳 Xabaringiz bor Xitoydagi Universitetlar bilan olib borilayotgan hamkorligimiz doirasida Angren universiteti talabalari uchun malakali xitoy tili mutaxassislari tomonidan mutlaqo bepul xitoy tili kursi tashkil etilayotgani e’lon qilingan edi va ushbu kursga 200ga yaqin talabalar qiziqish bildirib, roʻyxatdan oʻtishdi.

🇨🇳 Darslar joriy yilning 23-oktabr, chorshanba kunidan boshlanadi va Toshkent vaqti bilan soat 16:00-17:00 oralig’ida onlayn tarzda boʻlib oʻtadi!

‼️Toʻliq ma’lumot va dars linki roʻyxatdan oʻtgan talabalarga elektron pochta orqali yuboriladi.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadi!

Endilikda yanada koʻplab shu kabi xalqaro hamkorlik loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan boʻlsangiz, keyingi loyihalarda albatta ishtirok etishga harakat qiling!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔺"Til — millat qalbi" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Angren universiteti "Pedagogika va tillar" fakultetida “Tinch va farovon yurtga bayramlar yarashadi” shiori ostida "Til-millat qalbi" deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

😄Tadbirni fakultet dekani Z.Burxanov ochib berar ekan, bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilining rivojiga berilayotgan e’tibor, xususan universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

🔺Shundan so'ng, talabalar tomonidan o'zbek tili va uning qadri haqidagi qiziqarli ma’lumot, raqs va she’riy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

📺Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook🔔Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 1989-yilning 21-oktabr kuni davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berildi va ulug’ qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

✍️Shuningdek, 2020-yilning 10-aprelida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida»gi qonunni imzoladi.

📍Qonunga asosan, 21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan universitet hovlisida "Til va uni o‘qitish" kafedrasi tomonidan qisqa bayram tadbiri tashkil qilindi.

🇺🇿Tadbir davomida talabalar ustozlarni ehtirom ila kutib olib, ularga o‘zbek tiliga oid qiziqarli shartlar va savol-javoblar taqdim etishdi.

🇺🇿Tadbir so‘ngida davlat tili haqida qiziqarli ma’lumot, jumladan, bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashishi haqida aytib o‘tildi.

📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook🔔Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺Moskva viloyati ta'lim vazirligi, Moskva davlat ijtimoiy-gumanitar universiteti Chet tillar fakulteti Tilshunoslik va madaniyatlararo aloqa kafedrasi, NATE Rossiya, TPG KoELTA hamkorligida:

🏆 Ingliz tili grammatikasi bo'yicha ‘Learning Grammar Is Simple’ Butunrossiya onlayn olimpiadasiga maxsus taklif⚡️

📍2024-yil 26-oktabr
📍Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 14:00-20:00)
📌onlayn

‼️Olimpiada topshiriqlari Moskva davlat universitetining (ГОУ ВО МО «ГСГУ») veb-saytida http://gukolomna.ru/ "OAV" - "E'lonlar" («Медиа» – «Анонсы») bo'limida joylashtiriladi.
⚠️Oldindan ro'yxatdan o'tish shart emas.

💥Faqat Rossiya Federatsiyasi OTMlari talabalari uchun tashkil etilayotgan ushbu onlayn olimpiadada hamkorlik natijasida Angren universiteti talabalari ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishdi!

Onlayn olimpiadada ishtirok eting va o'z bilimingizni sinab ko'ring!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔Talabalar diqqatiga!

⚠️Joriy yilning 18-noyabr sanasidan quyidagi guruhlarda kuzgi semestr darslari boshlanadi:

Maktabgacha ta’lim (1-bosqich): MTS-24-4, 24-5, 24-6

Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi: MG’-24-1, 24-2, 24-3

Konchilik ishi: KNS-24-1, 24-2, 24-3

Moliya va moliyaviy texnologiyalar (1-bosqich): MMS-24-4, 24-5

Iqtisodiyot (1-bosqich): IQS-24-3, 24-4

☎️Murojaat uchun:
Iqtisodiyot va huquq fakulteti tyutori
Mavlanova Ra'no Shamsutdinovna
+99877 001 68 04

Pedagogika va tillar fakulteti tyutori
Gafurova Soliya Sattorjonovna
+998 99 484 22 80

Davolash ishi fakulteti tyutori Shoymurodova Kamola Anvar qizi
+9989905009692

‼️Hurmatli yuqorida keltirilgan guruhlar talabalari!
10-noyabrga qadar kontrakt to’lovining kamida 25%i to’langanligi haqidagi kvitansiya va hujjatlaringizning asl nusxalarini Angren universiteti asosiy binosi 107-xonaga taqdim etishingizni so’raymiz.

Shuningdek, barcha yo’nalishlar 2-3-bosqich talabalari ham 3-oqim darslariga 18-noyabrdan kelishlarini ma’lum qilamiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺Rossiya davlat ijtimoiy-gumanitar universiteti chet tillari fakulteti tomonidan
magistratura talabalarining xorijiy tillarni o'qitish, tilshunoslik, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslikning dolzarb muammolarini muhokama qilish
mavzusida Xalqaro ilmiy bahsi o'tkazilmoqda!

🎓Ishtirok eta oladi:
- Ta'lim va pedagogika fanlari magistrantlari
- Tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo'nalishi magistrantlari

✍️Magistrantlar xalqaro ilmiy bahsi mavzulari:
- Xorijiy tillarni o'qitish nazariyasi va amaliyoti
- Chet tillari va madaniyatlararo muloqot

🟢Rus, ingliz, nemis va fransuz tillarida ishtirok etish mumkin!

🔵Tadbir davomida ishtirokchilar o'zlarining ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etishlari mumkin (taqdimot vaqti 7-10 daqiqa).
Sara ma'ruzachilar diplomlar bilan taqdirlanadi.
Barcha ishtirokchilar ishtirok etganlik haqidagi elektron sertifikatlarni va tezislarning elektron to'plamini oladilar.

‼️Ishtirok etish shakllari:
- oflayn (taqdimot + tezislarni nashr etish),
- onlayn (veb-sayt orqali taqdimot + tezislarni nashr etish)

*Ro'yxatdan o'tish to'lovi mavjud emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Angren universiteti va O'zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farmasevtika sanoatini rivojlantirish agentligi,
O‘zbekiston kimyo-farmasevtika ilmiy-tadqiqot instituti (O'zKFITI), O‘zbekiston neft va gaz sanoati ilmiy-muhandislik jamiyati hamkorligida
📍Joriy yilning 1-4 noyabr kunlari "City Palace Hotel Tashkent" mehmonxonasida

🧬 «Sanoatda kataliz va ekologik muammolar» Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

💈Ushbu tadbirda 40 dan ortiq xorijiy hamda 50 dan ortiq mahalliy olimlar, mutaxassislar, korxona va tashkilotlar rahbarlari xalqaro miqyosdagi ishlab chiqarish va tadqiqotga oid muammolarning yechimlariga bag‘ishlangan ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.


🔖Tadbir davomida tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim ilmiy-texnikaviy ma'lumotlarga ega bo‘lishmoqda:
• Neft-gazni qayta ishlash va neft kimyosining katalizatorlari va jarayonlari
• Atrof muhitni muhofaza qilishda kataliz
• Gaz kimyosi jarayonida zamonaviy va istiqbolli katalizatorlar
• Energiyani tejovchi texnologiyalar va kataliz
• Neft-gaz majmuasida iqtisodiyot va ekologiya masalalari

Anjumanda Angren universiteti v.v.b. rektori Sh.Mutalov shaxsan soʻzga chiqdilar.
Universitetimizda oʻqituvchilarga ilmiy izlanish olib borish uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar natijasi oʻlaroq, koʻplab professor-oʻqituvchilar ham ushbu xalqaro konferensiyada qatnashishdi.
Universitet ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilayotgan e’tibor ilmiy xodimlarni kelgusida shu kabi konferensiyalarda davomli ravishda oʻz ilmiy ishlari va maqolalari bilan ishtirok etishlariga ruhlantirishiga ishonamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧬O‘zbekiston kimyo-farmasevtika ilmiy-tadqiqot instituti (O'zKFITI), O‘zbekiston neft va gaz sanoati ilmiy-muhandislik jamiyati hamda Angren universiteti hamkorligida tashkil etikgan «Sanoatda kataliz va ekologik muammolar» Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumani dan video lavha.

📺Ushbu xalqaro konferensiyada 40 dan ortiq xorijiy hamda 50 dan ortiq mahalliy olimlar, mutaxassislar, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan bir qatorda Angren Universiteti professor ustozlari ham o’z ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
To'g'ri tanlov porloq kelajagingiz garovidir!

1-BOSQICHGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABALAR DIQQATIGA!

Darslar 18-noyabrdan boshlanadi va 10-noyabrga qadar kontrakt to'lovining kamida 25%i to'langanligi haqidagi kvitansiya va hujjatlaringizning asl nusxalarini Angren universiteti asosiy binosi 107-xonaga taqdim etishingizni so'raymiz.

Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!

1-bosqich sirtqi ta'lim shakli uchun bu so'nggi oqim. Keyingi oqim bo'lmaydi!

Savol va murojaat uchun:
+998934259999

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
2024/11/06 02:34:12
Back to Top
HTML Embed Code: