Telegram Web Link
🆕🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫🆕

Malayziyaning UCSI universiteti vakillari Angren Universitetida! 🇲🇾🇺🇿

🏆QSning dunyo universitetlari reytingida 300-o’rinda turadigan ushbu universitet bilan Angren Universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Bugun, 17-aprel sanasida, nafaqat Malayziya, balki butunjahon nufuzli univesitetlari qatoridan o’rin olgan UCSI universitetining rasmiy vakillari sifatida Dr Siti Hamisah Binti Tapsir, Roland Chan Chih Chien hamda Dr Raenu A/L Kolandaisamy Angren universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi va endilikda amalga oshiriladigan loyihalar kelishib olindi.
Jumladan:
Bakalavr bosqichi bo’yicha 3+1 dasturini
Ustozlar almashinuvi
Talabalar almashinuvi
Hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish
Xalqaro konferensiyalar tashkil etish kabilar bo’yicha manfaatli kelishuvlar qilishga muvaffaq bo’lindi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🔔Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇵 Yaponiyada talabalar amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlab, hozirda Yaponiyaning poytaxti Tokyoda sayohat qilishmoqda.

🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆

💥Bu sayohat Angren universitetining Yaponiyadagi hamkor kompaniyasi tomonidan 100% to’liq qoplab berilmoqda, shu jumladan, aviachipta, mehmonxona va aylanishlari uchun xarajatlar.
🌸Eng quvonarlisi, ayni mavsumda, Sakura daraxtlari gullab, Yaponiya ko’rkiga o’zgacha go’zallik bag’ishlayotgan vaqtda sayohat qilish imkoniyatiga aynan bizning talabalar ega bo’lishdi🔝

🌇Tokyoga borishni orzu qilmaydigan odam bo’lmasa kerak. Talabalar sayohat vaqtida dunyodagi eng baland minora - 634 metrlik Skytree minorasi 🗼, eng gavjum Shibuya chorraxasi🚦, tarixiy Asakusa va boshqa diqqatga sazovor mashhur joylarni aylanishmoqda. ✔️


🇺🇿 Har bir O’zbekiston farzandi uchun oliy maqsad bo’lganidek, talabalarimiz ham yurtimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarib, uni dunyoga tanitish yo’lida harakat qilishmoqda! 🌐


🏆Angren universiteti Xalqaro hamkorlik bo’limi va Yaponiyadagi Kazlinks.Co.Ltd tashkiloti tashabbusi bilan tashkillashtirilgan Yaponiyadagi 90 kunlik amaliyot muvaffaqiyatli tamomlandi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🔔Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣

📣Angren universiteti Xo'jalik va qurilish bo'limiga 25 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan 2 nafar ishchi xodimlarni shartnoma asosida mavsumiy (6 oyga) ishga taklif qiladi.
Oylik maosh: 2 mln. so’mdan boshlanadi

Nomzodlar 2024-yil 23-aprelgacha Kadrlar bo'limi 107/1-xonaga murojaat qilishlari mumkin

📱Murojaat uchun telefon: 93-747-07-21

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🔔Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣2️⃣2️⃣2️⃣🏆🏆🏆🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

🇯🇵 Yaponiyada 90kunlik amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar maxsus sertifikat bilan taqdirlandi!

✈️ Angren universitetining bir guruh talabalari 3 oy davom etgan amaliyot yakunlanganidan so’ng, joriy yilning 19-aprelida Yaponiyadan O’zbekistonga qaytib kelishdi va bugun, universitet rahbariyati hamda talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Talabalar amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun nufuzli yapon kompaniyasi tomonidan rasman tasdiqlangan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🇯🇵Barcha harajatlar (aviachiptalar, sayohat, ovqatlanish, turar joy va boshqalar) Yaponiyalik hamkor kompaniya tomonidan to’liq qoplab berildi. Bu esa Angren Universiteti talabalariga moddiy tomondan hech qanday og’irlik tug’dirmasdan amaliyotni bajarish, yanada yangi bilimlarga ega bo’lish, zavq bilan Yaponiya madaniyatini o’rganishligiga yordam bo’ldi.

🏅Uchrashuv davomida amaliyot o’tab kelgan talabalar boshqa
talabalar bilan o’zlarining Yaponiya davlati, mehnatkash va mehribon xalqi, ulkan e’tirofga sazovor madaniyati haqidagi taassurotlari bilan bo’lishishdi va ularni ham shu kabi loyihalarda faol ishtirok etishga targ’ib qilishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🔔Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻👩‍💻🧠👨‍💻👩‍💻🧠👨‍💻👩‍💻🧠⭕️⭕️⭕️⭕️

O'z bilimingizni yanada kuchaytiring🧠

Iqtisodning ajralmaydigan bo'lagi - YaIM (VVP) nima ekanligini;
Uning qanday xisoblanishini bilib oling;
Va bilimingizni mustahkamlang

Batafsil ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin▶️


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐Facebook | 🔔Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 22:22:48
Back to Top
HTML Embed Code: