Telegram Web Link
Vavilonlik eng boy odam.pdf
4.2 MB
#mutolaa📚
BIZNES VA MUVAFFAQIYAT

Muvaffaqiyat - faol harakat va mahorat tufayli qo'lga kiritiladi. Uning kaliti maqsad mohiyatini to'la va to'g'ri anglab olishdadir. Ushbu kitob orqali moliyaviy qonunlarni o'zlashtirib, mablag' jamg'arish, saqlash va undan daromad olishni bilishda pulning sir-asrorlaridan voqif bo'lasiz!

✍🏻 Jorj Samuel Kleyson
📖 “VAVILONLIK ENG BOY ODAM”

Yoqimli mutolaa

Kitobni yaqinlaringizga ham jo’nating va birgalikda kitob nuridan zavqlaning!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
Angren universitetining ilg’or talabalari sport musobaqalarida faol ishtirok etishmoqda!

🏆Joriy yilning 11-mart sanasida Chirchiq shahrida joylashgan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (O’zDJTSU)da “Talabalar ligasi” musobaqasining “Shaxmat” sport turi bo’yicha viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Angren universiteti Davolash ishi fakulteti talabalari Nazarov Ulug’bek (DI-12-guruh) va Sheraliyeva Shodiya (DI 23-7-guruh) ham munosib ishtirok etishdi.

🥉Toshkent viloyatidagi 5ta OTM shaxmatchilari o’rtasidagi bahsda Sheraliyeva Shodiya faxrli 3-o’rinni egalladi!

G’olibalarni bu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz va har bir talabadan shunday faollikni kutib qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
DIQQAT, TANLOV! 💣

Talabalar orasida videoroliklar tanlovi!

Mavzu : “Angren universitetida 1 kunim”


Talablar:
- video vertikal holatda olinishi;
- video davomiyligi 1 daqiqadan oshib ketmasligi (ideal holatda 45~59 sekund)
- video sifati yuqori darajada bo’lishi;
- telefon orqa kamerasida yoki professional videokameralarda olinishi;
- kreativ yondoshilgan bo’lishi

Kimlar qatnashishi mumkin:
Angren Universitetining barcha talabalari

Sovrin:
• 3ta o’rin uchun Pul mukofotlari 💰
• Faxriy yorliqlar 📑

🔥Universitetdagi bir kuningiz haqida qiziqarli video tayyorlang va pul mukofotini qo’lga kiriting!🔥

Tayyorlangan videorolikni va sizni qiziqtirgan savollarni quyidagi telegram botga yo’llang:

@IntCoopbot 📥
Yoki Xalqaro hamkorlik bo’limi mutaxassisi Manuchehr Abduqodirov @manukadyrov bog’laning.

Videolarni topshirish muddati :
18-Mart 2024-yil
K_Sindarov__Kitob – saodat kaliti__.pdf
1.4 MB
🔔Hurmatli kitobxonlar!

📚Xabaringiz bor, Angren universiteti professor-o’qituvchilari va talabalarining “Bir oyda bir kitob” loyihasi doirasidagi kitob haqidagi kitob bo’lmish “Kitob-saodat kalıtı” nomli kitob kechagina nashrdan chiqdi. Shu munosabat bilan joriy yilning 19-mart kuni kitobning rasmiy taqdimot marosimi bo’lib o’tadi.

🎁 Tadbir davomida kitobxonlar bellashuvi uyushtirilib, “Kitob-saodat kaliti” kitobidan 10ta savol beriladi. Savollarga qoniqarli javob bergan kitobxonlarni maxsus sovg’alar kutmoqda!

📕Kitobni o’qib, bellashuvga puxta tayyorgarlik ko’rishingiz uchun kitobning PDF shaklini sizga taqdim etamiz.
Omad yor bo’lsin!

Yaqinlarga ham bu yangilikni jo’natib qo’ying✈️

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
🌿Angren Universitetida “Yashil makon” loyihasi doirasida hashar tashkil etildi.

🏢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6- martdagi №137 -F sonli Farmoyishiga muvofiq joriy yilning 16 -18 mart kunlari "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilishi belgilangan.

🌳Shu munosabat bilan bugun Angren Universiteti jamoasi va talabalari faol ishtirok etib, atrof-muhitni muhofaza qilish, yanada ko’kalamzorlashtirish bo’yicha hayrli ishni amalga oshirishmoqda.

🌳Bu hayrli ishlar Universitetning 3ta binosida va yotoqxonasi hududida ham keng qamrovda g’ayrat bilan olib borilmoqda. Bugungi quyoshli, toza havo esa hashar qatnashchilariga yanada kuch bermoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 17-mart kuni Angren shahar "Yoshlar bog‘i"da tashkil etilgan "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" shiori ostida ommaviy shahar tadbiri bo'lib o'tdi.

🌸Tadbirda Angren shahar madaniyat bo’limi, Angren shahar tarixi muzeyi, shahar AKMi, san’at maktablari, kasb-hunar maktablari qatnashishdi.

🌸Quvonarlisi, bu tadbirda Angren universiteti jamoasi, talabalari ham faol ishtirok etishdi. Universitet jamoasi tomonidan tashkil etilgan bayram shukuhini aks ettiruvchi ko'rgazmalari va kuy-qo'shiqlari bilan shahar tadbiriga kelgan mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
🎉 Angren universitetida Xalqaro hamkorlik bo’limi tashkil topganiga hali yarim yil bo’lmasdan ham allaqachon 30ga yaqin xorijiy OTM va tashkilotlar bilan hamkorlik o’rnatishga erishildi.

📊Hozirgi kunda bu ko’rsatkich yanada yuqorilab bormoqda. Astoydil qilingan sa’y-harakatlarning natijasi o’laroq, ayni vaqtda bir guruh Angren universiteti talabalari rivojlangan Yaponiya davlatida joylashgan hamkor tashkilotda barja harajatlari qoplanadigan amaliyotni o’tashmoqda.

🌎 Keyingi qadam AQSHdagi hamda Yevropadagi oliyhoglar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish. Bundan ko’zlangan maqsad esa, Angren universitetidagi har bir talabaga va ustozlarga hamkor oliygohlarga shaxsan borib, malaka oshirib, dunyoqarashini kengaytirib, bilimini kuchaytirishiga imkoniyat yaratib berish. Va albatta, davlatimiz ravnaqi uchun hissa qo’shadigan jamiyat liderlari qilib yetishtirishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Angren universitetida mavjud yo’nalishlar:

🔹Pedagogika va psixologiya
🔹Boshlang’ich ta’lim
🔹Maktabgacha ta’lim
🔹Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
🔹Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo’yicha)
🔹Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🔹Davolash ishi


Nega aynan Angren universiteti?

Ilg’or texnologiya asrining eng talabgor yo’nalishlari
Kunduzgi va sirtqi ta’limning mavjudligi
Maxsus grant imkoniyatlari (100%, 75%, 50%, 25%)
Talabalar uchun o’z sohalari bo’yicha maxsus amaliyot mashg’ulotlari (Xususiy klinikada, banklarda, bog’cha va maktablarda hamda sud zallarida)
Universitetning xorijiy hamkorliklari asosida, chet el universitetlarida o’qish, soha mutaxassislaridan bilim va ko’nikmalarni egallash, xorijiy universitet va tashkilotlarda amaliyot o’tash imkoniyati

2024-2025 o’quv yili uchun qabul tez kunlarda ochiladi!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
⚡️Qaysi banklar ta'lim krediti beryapti?

Hozirgi vaqtda 5 ta bank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda (ro'yxat banklarning Bosh ofis masʼul xodimlari tomonidan berilgan maʼlumot asosida tayyorlandi).

HAMKORBANK – 1256
IPAK YOʻLI BANKI – 1296
BRB –1254
MKBANK – 1285
TURONBANK – 1220

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi.
2024/09/29 22:37:02
Back to Top
HTML Embed Code: