Telegram Web Link
Angren universiteti faol talabalari bilan faxrlanadi!

Joriy yilning 24-fevral kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport zalida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Toshkent viloyati OTMlarining sport klublari o’rtasida tashkillashtirilgan ushbu “STOL TENNISI” musobaqasida :
• O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Angren universiteti sport jamoalari ishtirok etishdi;
• Musobaqa tizimiga binoan, Angren universiteti jamoasi har bir raqib jamoa bilan bellashdi;
Angren universiteti talaba qizlari umumiy hisobda faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritishdi!

Talabalarimizni tabriklab, kelgusida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram |
🌐Telegram | 🌐 Web-site
QIZIQARLI FAKTLAR💡

💬 Bilasizmi shu kungacha oxirigacha kashf etilmagan narsaladan biri bu-inson miyyasi ekan. Inson miyyasining nimalarga qodirligi aslida chek-chegarasiz ammo buni kamdan-kam odam biladi

Olimlar bizning miyamiz atigi 3% o'rganilishini isbotladilar, ya'ni hali ichki rivojlanish bosqichining hattoki 10dan 1 qismini ham bosib o'tmaganmiz. Siz o'z miyyangiz nechi foiz ishlashini bilishni xohlaysizmi

🔗 Bu haqida batafsilroq ushbu videorolikda ko'ring va yaqinlarga ham ulashib qo’ying ✈️


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram |
🌐Telegram | 🌐 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Angren universiteti talabalari uchun ajoyib yangilik!

🖥Talabalar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida, o'quv xonalari dars jarayonlarida yangi davr talablariga mos ravishda, eng ommabop va kelgusida foydali bo’ladigan dasturlar o’rnatilgan 100 dona so'nggi rusumdagi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlandi. Shuningdek, universitet kutubxonasi 2000dan ortiq o’quv darsliklari hamda adabiy kitoblar bilan boyitilib, foydalanish uchun taqdim etildi.

📌Talabalarning kerakli bilim va ko'nikmalarni egallab, o’z sohalari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishlari uchun Universitetimiz ta’sischilari va rahbariyat a’zolari tomonidan barcha qulayliklar yaratib berilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
G'oliblik qonuniyatlari.pdf
4.7 MB
#mutolaa📚

📈 Siz o'zingizni katta muvaffaqiyatlarga erisha olaman, deb hisoblaysizmi? Aslida har birimiz G'OLIB bo'lish imkoniyati va huquqiga egamiz.

Agar siz,
•o'zingizdagi qo'rquvni yengishni;
•mas'uliyatni o'z zimmangizga olib, shaxsiy o'sishga erishishni;
•tanqiddan qo'rqmaslikni;
•pulga ustalik bilan yondoshishni o'rganishni istasangiz, sizga germaniyalik mashhur moliyaviy ekspert va spiker Bodo Sheferning "G'OLIBLIK QONUNIYATLARI" kitobini o'qishni tavsiya qilamiz. 

Yoqimli mutolaa

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺

Yaqinlaringizga ham ulashib, ular bilan birga o’qing Shunda mutolaa qilish yanada qiziqroq bo’ladi📚
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
1-mart - o’zbek xalqining suyukli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavallud topgan kun

• O’zbek xalqining mehnatkashligi, sof qalbini o’z ijodida aks ettirgan tinchlik kuychisi Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentda tavallud topgan
• Yuksak iste’dod egasi Zulfiyaxonim xalqaro “Nilufar” va “Javoharlal Neru” mukofotlari hamda Bolgariyaning “Kirill va Mefodiy” ordeniga sazovor bo’lgan
• Madaniyatimiz taraqqiyotiga atoqli shoiraning qo’shgan ulkan hissasi uchun O’zbekiston hukumati tomonidan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan
• Turmush o’rtog’i - Hamid Olimjon o’zbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi bo’lgan
• O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova 1996-yil 1-avgustda Toshkentda vafot etgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
🗓️2-mart O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgan kun

🌐 Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro tashkilot boʻlib, uning maqsadi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikka erishish va davlatlar harakatlarini uygʻunlashtirish markazi boʻlib xizmat qilishdir. Bu dunyodagi eng yirik xalqaro tashkilot bo'lib, 1945-yilda AQShda tashkil topgan va hozirda bu tashkilotga 193ta davlat a'zo.

O'zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-mart kuni BMTga a'zo bo'lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
🗓️ Yozuvchi va kitobxonlar uchrashuvi

✍🏻 Angren universiteti rektori yuridik fanlar doktori, professor va taniqli yozuvchi Komil Sindarov bilan Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida “Ijodga baxshida umr” mavzusida adabiy uchrashuv bo’lib o’tdi

📚Kitobxonlar orasida o’zining badiiy-detektiv asarlari bilan yaxshi tanilgan Komil Sindarov ochiq muloqot ko’rinishida bo’lib o’tgan yozuvchi va kitobxonlar uchrashuvida kitobsevarlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o’tdi.

📖 Suhbat davomida yozuvchi o’zining ijod olamidagi ilk onlaridan bugungi kungacha bo’lgan umr hikoyalarini tadbir qatnashchilariga so’zlab berdi.

Uchrashuv so’nggida, yosh kitobxonlar Komil Sindarovning so’nggi nashrdan chiqqan kitoblari bilan taqdirlanishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
💸 Siz to'lagan kontrak to'lovingizdan 12% qaytarib olish mumkinligini bilasizmi?"

🔹 Qaysi oliygohning va qaysi ta'lim turida tahsil olishingizdan qat'iy nazar, to'lagan kontrakt summasidan 12% soliq summasini qaytarib olishingiz mumkin.
🔹 Buning uchun soliq organlari idoralariga murojaat qilishingiz boshqa talab etilmaydi
🔹Batafsil bilib olishingiz uchun ushbu havola orqali o'tib, talaba do'stlaringiz bilan ham ulashing.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
Andisha va g‘urur.pdf
3.6 MB
#mutolaa📚
JAHON ADABIYOTI

✍🏻 Jeyn Ostin «Andisha va g‘urur» («Gordost i predubejdeniye») asarida qishloq dvoryanining qizi Elizabet Bennet bilan o‘zining kelib chiqishi, boyligi ila mag‘rur boy pomeshchikning
o‘g‘li Fitsuilyam Darsi o‘rtasidagi sarguzashtlarni hikoya qiladi. Asar 1813-yilda nashr qilinib, adabiyot dunyosida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu asar haqida o‘sha paytdagi «Britaniya tanqidchisi» jurnali shunday yozgan edi: «Asar shu paytgacha o‘quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi
hamma romanlardan yuqori turadi». Umid qilamizki, mazkur asar hurmatli o‘zbek kitobxonlariga ham manzur bo‘ladi.


Yoqimli mutolaa

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Angren Universitetida bayram shukuhi 🌷

🌸Erta tongdan Universitet rahbariyati va yigitlari, ayol-qizlarni “8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tabriklab, ularga ko’tarinki kayfiyat ulashishdi.

☀️Charaqlab turgan quyosh, musaffo osmon va tinch yurtimizda bunday xalqaro bayramni tantanali ravishda nishonlanishi, ayollarga bo’lgan o’zgacha mehr va e’tibor har birimizni quvontiradi.

🎁Universitet jamoasi va ta’sischilar tomonidan ham alohida topshirilgan esdalik sovg’alari bayramga o’zgacha shukuh bag’ishlab, ayollar yuziga tabassum ulashdi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
Ayol bu opa, singil, ona,
Udir gulning labida xayol.
Farzand uchun yashaydi yona,
Hatto bo’ron bag’rida ayol.

🌹🌸🌹🌸🌹🌸🌹🌸🌹🌸🌹

Ayol- bu nozik hilqat. U Yaratganning omonati. Yorug’ olamning jamiyki zeb-u zarlaridan-da qimmatli ko’ngli, oppoq bulutlardan-da sof va beg’ubor mehri, ulkan muzliklarni eritishga qodir buyuk sevgisi ila ayol bu hayot kitobining eng go’zal zarvaraqlaridagi nodir asardir.

💐Qadrli ayollar, bugungi bayramingiz muborak bo’lsin!
Sizlar borki, olam munavvar!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Angren Universitetida bayram kayfiyati davom etmoqda 🌸

🌸 Angren Universiteti ma’muriyati va kafedralari tomonidan “Balli qizlar” nomli ko’rik tanlov tashkillashtirildi.

🌸Bahor gullaridek go’zal, nafis va faol qizlar o’zlari tahsil olayotgan yo’nalishlaridan vakil sifatida qatnashib, turli xil shartlarda bellashdilar.

🌸Ularning harakatlari hay’at a’zolari tomonidan munosib va shaffof baholanib, barcha o’rinlarga Universitet ma’muriyati tomonidan maxsus esdalik sovg’alari va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

G’olibalarni Universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz
Demak, quyidagi qizlar g’olibalikni qo’lga kiritishdi. 🥳

🥇1-o’rin: Raufova Shahrizoda- Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabasi

🥈2-o’rin: Zarnigor Isakjanova-
Pedagogika va Psixologiya fakulteti 2-bosqich sirtqi bo'lim talabasi

🥉3-o’rin: Abduqahhorova Muxlisahon Davolash ishi fakulteti 1-bosqich talabasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
💸 Insonning shaxsiy rivojlanishi hayotning asosiy tamoillaridan biri hisoblanadi

🔹 Har bir inson o'z xayotini yaxshi tomonga o'zgartirishni istaydi;
🔹 Ammo xardoim xam harakatlar samarali bo'lavermaydilar;
🔹 Lekin SIZ bugundan boshlab, ushbu videodagi amallarni qo'llab, xayotingizni o'zgartirishni boshlashingiz mumkin.

Hayotingizni o'zgartirishni bugundan boshlang🆙

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍🇯🇵 Angren universiteti talabalari Yaponiyada amaliyot o’tashmoqda!

Angren universiteti sirtqi ta’lim talabalari uchun Yaponiya davlatidagi 3 oylik amaliyot dasturiga 5 nafar talaba saralanib, joriy yilning 1-fevralida Yaponiyaga jo’nab ketishgan edi.

🔥 Eng qizig’i, ushbu amaliyot doirasida yapon hamkorlar tomonidan barcha xarajatlar, shu jumladan, aviachiptalar, sug’urta, yashash xarajatlari to’liq qoplab beriladi va uy-joy bilan 3 oy davomida ta’minlanadi.

💥Bu yildan boshlab nafaqat sirtqi, balki, kunduzgi ta’limdagilar uchun ham 3-6-9 oylik amaliyot dasturlari taqdim etilmoqda. Quvonarlisi shuki, endi talabalar soni 5 nafar bilan cheklanmasdan, shu yilning o’zida kamida 20 nafar talaba saralab olinishi rejalashtirilgan.

Ushbu ajoyib imkoniyat egasi aynan siz bo’lishingiz mumkin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
2024/09/29 16:24:35
Back to Top
HTML Embed Code: