Telegram Web Link
Forwarded from 𝐈𝐛𝐫𝐚𝐤𝐡𝐢𝐦𝐨𝐯𝐚 | PR MANAGER
🟦🟦🟦🟦

9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan sana

⚡️
Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan munosib oʻrin egallagan.

Alisher Navoiy qalamiga mansub boy maʼnaviy meros asrlar osha insonlar qalbiga ezgulik ziyosini taratib kelmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook | 📩Telegram |🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏦Туронбанк имтиёзли таълим кредит ажратишни бошлабди!

☑️Кредит шартлари:
● Фоизи:
Хотин-қизлар учун-0%
Йигитлар учун-14%
● Муддати-Ўқиш даври+7.5 йил
● Миқдори-Ўқув йили учун талаба ва ОТМ ўртасида тузилган шартнома суммаси
● Имтиёзли даври-Ўқиш даври+6 ой
● Кредит қайтариш усули-дифференциал

Қайси олий таълим ташкилотлари талабалари учун ажратилади?

Таълим кредити Давлат ОТМ ҳамда Таълим сифатини назорат қилиш инспекцияси лицензиясига эга хусусий ОТМларининг кундузги таълим шаклида бакалавриат таълим йўналиши ва магистратура мутахассислигига тўлов-контракт асосида ўқишга тавсия этилган ёки қабул қилинган, шунингдек ўқишини кўчирган Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлган талабаларга ажратилади.

👉Қарз олишда талабанинг яқин қариндошлари (ота, она, ака, ука, опа, сингил, бувиси ва бобоси) ёки унга васий бўлган шахс иштирок этади.

👉Керакли ҳужжатлар:
●таълим кредити олиш тўғрисида ариза ва паспорт;

●талаба ва олий таълим муассасаси ўртасидаги тўлов-контракт асосида ўқиш ҳақида белгиланган тартибда расмийлаштирилган шартнома ва унга илова қилинадиган ҳисоб варақаси/фактураси (мавжуд бўлса). Шартномада ўқишни тамомлашнинг белгиланган муддати ва бир йил учун тўлов микдори кўрсатилган бўлиши лозим;

●банкнинг кредит сиёсати ва ички тартибига мувофиқ таълим кредити қайтарилишининг таъминоти бўйича ҳужжат. Бунда “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилаларнинг фарзандларига ажратиладиган таълим кредити бўйича гаров ва кафиллик талаб этилмайди;

👉Таъминот сифатида қуйидагилар тақдим этилади:

● Учинчи шахс кафиллиги;
●Кредит қайтмаслиги хатарини суғурталаш бўйича полис;
●Ликвидли мол-мулк гарови.

Батафсил

Каналга аъзо бўлиш👉🏻 @Bankxabar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓Angren universitetining sirtqi ta’limda tahsil olayotgan 2-bosqich 1-oqim talabalarining 3-semestr uchun yakuniy imtihon jarayonidan lavha

👩‍💻Imtihon jarayoni nazorat ostida, shaffof va haqqoniy bo’lib o’tmoqda.

💡Imtihon mas’ullari imtihondan oldin talabalarga ruhiy dalda berishmoqda.

👩‍💻👨‍💻Har bir talaba belgilangan tartibda imtihonda ishtirok etishi uchun universitet ma’muriyati tomonidan barcha kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

💻Imtihon yangi davr talabiga mos holda kompyuterlarda maxsus tizimlashtirilgan holda Imtihon bo’limi xodimlari tomonidan qattiq nazorat bilan olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook |
📩Telegram |🌐 Web-site
14-fevral - buyuk iste’dod egasi, o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bobur haqida qiziqarli faktlar
:
• Bobur 1483-yilda Andijonda, Farg’ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo va Mo’g’uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi Qutlug’ Nigorxonimlar oilasida dunyoga kelgan
• to’liq ismi - “Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo”
• “Bobur” taxallusi “yo’lbars”, “sher” degan ma’noni anglatadi va jangdagi jasorati uchun berilgan
• 1526-1527-yillarda bo’lib o’tgan janglarda g’olib bo’lgan Bobur Hindistonni qo’lga kiritadi va 300yil hukmronlik qilgan “Boburiylar sulolasi”ga asos soladi
• “Boburnoma” asari O’rta Osiyodan Hindistongacha bo’lgan masofadagi deyarli 50yillik voqealarni haqqoniy ifoda etadi
• Bobur 1530-yilda 47yoshida Agra shahrida vafot etadi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook
📩Telegram |🌐 Web-site
⚡️Orient Finans Bank ham taʼlim kredit ajratishni boshladi

Ayni paytda Orient Finans Bank, Turonbank, Aloqabank va MKBank banklar tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda:

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi

Murojaat uchun:
Oriyent Finans Bank (4004)
Turonbank (1220)
Aloqabank (1152)
MKBank(1285)

👉 Oriyent Finans Bank filiallari manzili
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Angren universiteti boshlang'ich tashkilotining faoliyati tahlili yuzasidan shu kunga qadar universitet yoshlar koordinatorlari tomonidan amalga oshirgan ishlari hisobotlari hamda 2024-yilda rejalashtiriladigan ustuvor maqsad va vazifalarni kelishib olish maqsadida  Angren universitetida "Yoshlar Kengashi" va "Qalqon" jamoatchilik guruh a'zolari bilan hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur yig‘ilish davomida Angren universiteti "Yoshlar Kengashi" raisi S.Manazarov boshchiligida amalga oshirilgan hisoboti tinglandi va 2023-yil yakunlari bo'yicha ta'lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda namuna ko'rsatgan Angren universiteti "Yoshlar Kengashi" koordinatorlari va "Qalqon" jamoatchilik guruh a’zolari, Angren universiteti "Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar" bo'yicha prorektori U.Yusupov va "Ta'lim sifatini nazorat qilish" bo'limi boshlig'i A.Ismoilovlar tomonidan guvohnoma va ishonchnomalar bilan taqdirlandi.
Angren universiteti faol talabalari bilan faxrlanadi!

Joriy yilning 24-fevral kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport zalida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Toshkent viloyati OTMlarining sport klublari o’rtasida tashkillashtirilgan ushbu “STOL TENNISI” musobaqasida :
• O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Angren universiteti sport jamoalari ishtirok etishdi;
• Musobaqa tizimiga binoan, Angren universiteti jamoasi har bir raqib jamoa bilan bellashdi;
Angren universiteti talaba qizlari umumiy hisobda faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritishdi!

Talabalarimizni tabriklab, kelgusida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram |
🌐Telegram | 🌐 Web-site
QIZIQARLI FAKTLAR💡

💬 Bilasizmi shu kungacha oxirigacha kashf etilmagan narsaladan biri bu-inson miyyasi ekan. Inson miyyasining nimalarga qodirligi aslida chek-chegarasiz ammo buni kamdan-kam odam biladi

Olimlar bizning miyamiz atigi 3% o'rganilishini isbotladilar, ya'ni hali ichki rivojlanish bosqichining hattoki 10dan 1 qismini ham bosib o'tmaganmiz. Siz o'z miyyangiz nechi foiz ishlashini bilishni xohlaysizmi

🔗 Bu haqida batafsilroq ushbu videorolikda ko'ring va yaqinlarga ham ulashib qo’ying ✈️


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram |
🌐Telegram | 🌐 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Angren universiteti talabalari uchun ajoyib yangilik!

🖥Talabalar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida, o'quv xonalari dars jarayonlarida yangi davr talablariga mos ravishda, eng ommabop va kelgusida foydali bo’ladigan dasturlar o’rnatilgan 100 dona so'nggi rusumdagi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlandi. Shuningdek, universitet kutubxonasi 2000dan ortiq o’quv darsliklari hamda adabiy kitoblar bilan boyitilib, foydalanish uchun taqdim etildi.

📌Talabalarning kerakli bilim va ko'nikmalarni egallab, o’z sohalari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishlari uchun Universitetimiz ta’sischilari va rahbariyat a’zolari tomonidan barcha qulayliklar yaratib berilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
G'oliblik qonuniyatlari.pdf
4.7 MB
#mutolaa📚

📈 Siz o'zingizni katta muvaffaqiyatlarga erisha olaman, deb hisoblaysizmi? Aslida har birimiz G'OLIB bo'lish imkoniyati va huquqiga egamiz.

Agar siz,
•o'zingizdagi qo'rquvni yengishni;
•mas'uliyatni o'z zimmangizga olib, shaxsiy o'sishga erishishni;
•tanqiddan qo'rqmaslikni;
•pulga ustalik bilan yondoshishni o'rganishni istasangiz, sizga germaniyalik mashhur moliyaviy ekspert va spiker Bodo Sheferning "G'OLIBLIK QONUNIYATLARI" kitobini o'qishni tavsiya qilamiz. 

Yoqimli mutolaa

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺

Yaqinlaringizga ham ulashib, ular bilan birga o’qing Shunda mutolaa qilish yanada qiziqroq bo’ladi📚
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
1-mart - o’zbek xalqining suyukli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavallud topgan kun

• O’zbek xalqining mehnatkashligi, sof qalbini o’z ijodida aks ettirgan tinchlik kuychisi Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentda tavallud topgan
• Yuksak iste’dod egasi Zulfiyaxonim xalqaro “Nilufar” va “Javoharlal Neru” mukofotlari hamda Bolgariyaning “Kirill va Mefodiy” ordeniga sazovor bo’lgan
• Madaniyatimiz taraqqiyotiga atoqli shoiraning qo’shgan ulkan hissasi uchun O’zbekiston hukumati tomonidan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan
• Turmush o’rtog’i - Hamid Olimjon o’zbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi bo’lgan
• O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova 1996-yil 1-avgustda Toshkentda vafot etgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
🗓️2-mart O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgan kun

🌐 Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro tashkilot boʻlib, uning maqsadi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikka erishish va davlatlar harakatlarini uygʻunlashtirish markazi boʻlib xizmat qilishdir. Bu dunyodagi eng yirik xalqaro tashkilot bo'lib, 1945-yilda AQShda tashkil topgan va hozirda bu tashkilotga 193ta davlat a'zo.

O'zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-mart kuni BMTga a'zo bo'lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
🗓️ Yozuvchi va kitobxonlar uchrashuvi

✍🏻 Angren universiteti rektori yuridik fanlar doktori, professor va taniqli yozuvchi Komil Sindarov bilan Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida “Ijodga baxshida umr” mavzusida adabiy uchrashuv bo’lib o’tdi

📚Kitobxonlar orasida o’zining badiiy-detektiv asarlari bilan yaxshi tanilgan Komil Sindarov ochiq muloqot ko’rinishida bo’lib o’tgan yozuvchi va kitobxonlar uchrashuvida kitobsevarlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o’tdi.

📖 Suhbat davomida yozuvchi o’zining ijod olamidagi ilk onlaridan bugungi kungacha bo’lgan umr hikoyalarini tadbir qatnashchilariga so’zlab berdi.

Uchrashuv so’nggida, yosh kitobxonlar Komil Sindarovning so’nggi nashrdan chiqqan kitoblari bilan taqdirlanishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Telegram
🌐 Facebook | 🌐 Web-site
2024/09/30 16:21:15
Back to Top
HTML Embed Code: