Telegram Web Link
🟥🟥🟥

🇺🇿Hayot davomchilari bo‘lmish qizlarni ma’rifatli, ma’naviyatli, oqila va dono qilib tarbiyalash, ilmu ziyoli qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya olayotgan qizlar millatning ertasini belgilashda asosiy hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Shu munosabat bilan 2-noyabr kuni Angren universitetida, Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashkil etilgan “Qizlar millat kelajagi” mavzusida  davra suhbatini bo’lib o’tdi

👑Tadbir mehmonlari ;
🔵Angren shahar Jome Masjidi otinoyisi  Mamura Qodirova;
🔵Angren shahar 4-oilaviy poliklinikasi bosh shifokori Kunisheva Hilola Julanovna
🔵Angren universiteti direktori Sadiyeva Shaxnoza Xusanovna
🔵Angren universiteti psixologi Gazibekova Gulavza Ergashevna,
ustoz va talabalar ishtirok etdilar.

😴Angren shahar Jome Masjidi otinoyisi - Jamiyatda xotin-qizlar ijtimoiy-ahloqiy faolligini oshirishda maqsad va vazifalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda Angren shahar 4-oilaviy poliklinika bosh shifokori Kunisheva Hilola Julanovna -Sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik, sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad talaba qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kiyinish va nutq madaniyatini oshirish, yoshlar ongini yot g‘oyalardan va illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni turmushga tayyorlashdir. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🟦Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟥🟥🟥
DAVOLASH ISHI FAKULTETINING MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI


,,Davolash ishi ‘’ kafedrasining asosiy faoliyatlardan biri talabalarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli boʼlishni, sogʼlom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni universitetning ommaviy – madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun fakultetda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda . Fakultet talabalarni boʼsh vaqtlarni mazmunli oʼtkazish maqsadida, murabbiylar rahbarligida jamoat tadbirlarida, ochiq darslarga, havaskorlik tashabbuslariga jalb etilmoqda
🏛Jumladan, bugun Angren universitetida davolash ishi kafedrasi hamkorligida
🔵Zaripov Bakriddin - biologiya fanlari doktori, professor, fanlar akademiyasi – akademigi.
🔵Nurmat Otabekov – Respublika sanitariya epidemiologiya va jamoat salomatligi qo‘mitasi raxbari – davolash ishi yo’nalishi talabalari bilan ,,Aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklarini tarqalishi va uni oldini olish, epidemiologik vaziyat ‘’ to‘g‘risida davra suxbati olib borildi.
Samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuv, Angren universiteti talabalari uchun qizg‘in va sermazmun bo’ldi .Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🟦Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 11:24:18
Back to Top
HTML Embed Code: