Telegram Web Link
#talabalar_ligasi
#A.U_yoshlar_ittifoqi

📌 Ayni damda Nurafshon shahriningYoshlar markazi” binosida bo'lib o'tayotgan “Talabalar ligasi” shaxmat musobaqasining viloyat bosqichida Angren universiteti Yoshlar Yetakchisi S.Manazarov boshchiligida: Davolash ishi fakulteti talabasi U.Nazarov hamda Sh.Sheraliyevalar faol ishtirok etmoqda.

🤩 Talabalarimizga ushbu musobaqada omad tilaymiz!

📣Angren universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi telegram rasmiy sahifasi:

👉Kanalimiz:
https://www.tg-me.com/KS8wLyMERVozMTcy
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

Assalomu alaykum hurmatli talabalar
Angren shahar Ipoteka bankida ta’lim krediti berilishi vaqtinchalik to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi. Biroq Xalq banki va Sanoatqurilish banklarining Angren shahar filiallarida ta’lim krediti berish jarayoni davom etmoqda. Sizlardan yuqorida nomlari keltirilgan banklarga murojaat qilib, ta’lim krediti asosida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz !

Bog’lanish uchun;

+99894 598 88 88
📞+99855 901 88 80


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
📺
🌐Instagram | Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟦🟦🟦
🟥🟥🟥

Ma'lumki, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda bir qator hamkor tashkilotlarning qo‘shma qarori asosida OTM talabalari o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha "Talabalar ligasi" o‘tkazish belgilangan.

25 - oktabr kuni Toshkent viloyati Oliy ta’limlar o’rtasida talabalar ligasi mintaqaviy bosqichi shaxmat turi bo’yicha Angren universiteti talabalari faol ishtrok etishdi.
Ayollar o’rtasida kechgan bahsda Sheraliyeva Shodiyaxon faxrli 2-o’ringa loyiq topildi. Davolash ishi yo’nalishi 2-bosqich talabasi Nazarov Ulug’bek faxrli 4-o’rinni qo’lga kiritdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥
Talabalar ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Xususan, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ish bilan taʼminlash hamda zarur sharoitlarni yaratib berish, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida bugungi kunda joylarda o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar o‘z samarasini berib kelmoqda.
Joriy yil 26-oktabr kuni Davolash ishi fakulteti va Xotin-qizlar Maslahat kengashi tomonidan Angren universitetida tashkil etilgan davra suhbati ham aynan shu masalaga qaratildi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi: ‘’Talabalarga huquqiy tavsiyalar’’ mavzusida tashkil etilgan uchrashuvda Angren shahar IIB XBB XQMB katta inspektor mayor F.S. Matibragimova va Angren shahar IIB JXX XPBVE, YO'XPTEG katta inspektori katta mayor R.T.Usminova ishtirok etib, mavzu doirasida maʼruza qildilar. Talabalarga tushuntirish va tavsiyalar berdilar. Uchrashuv erkin muloqot shaklida o‘tib, talabalar o‘z savollariga mutasaddilardan javoblar oldilar. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟨🟨🟨🟨🟨
🇯🇵🇺🇿Angren universiteti vakillari Yaponiyada!

Joriy yilning 24-oktabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahridagi Nagoya
Xalqaro Markazida Tokiodagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish bo`yicha agentligi, Investitsiyalar va texnologiyalarni ilgari surish byurosi tomonidan “O’zbekistonda biznes va investitsiya imkoniyatlari” nomli seminar tashkil etildi. Byuro rahbari Fumio Adachi xonim tadbir ishtirokchilarini (50 dan ortiq Yapon investorlar) mamnuniyat bilan kutib oldi.
Mazkur seminarda O`zbekiston oliy ta`lim muassasalaridan bizning Angren universiteti ham qatnashgani juda ham quvonarli bo’ldi.
Xalqaro Hamkorlik bo`yicha prorektor Abduraxmonova Ruxsora Sobirovna seminar qatnashchilarini Angren universiteti bilan tanishtirdi.
Tadbir tashkilotchilari va investorlar Angren universitetiga ulkan qiziqish bildirishdi va investorlar delegatsiyasining bir qismi universitetni qo`llab-quvvatlash hamda hamkorlik aloqalarini o`rnatish maqsadida joriy yilning noyabr oyida Angren universitetiga rasmiy tashrif uyushtirishiga kelishilindi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 15:28:23
Back to Top
HTML Embed Code: