Telegram Web Link
Qaysi qatorda O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun tog’ri ko’rsatilgan?
Anonymous Quiz
4%
1990-yil 21-sentabr
36%
1991-yil 21-oktabr
60%
1989-yil 21-oktabr
🟨🟨🟨🟨🟨

🕖Joriy yilning 20-oktabr sanasida Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri va mehnatsevar hodimlari tashabbusi bilan Angren universiteti rektori Komil Sindarov hamda Bilim va Kónikmalarni baholash markazi vakili, markazning Moliyaviy masalalar bóyicha direktori Shoahmad Usmonov órtasida ózaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🖥Shartnomaga kòra, endilikda nafaqat Angren universiteti talabalari, balki Angren shahrining bilimga chanqoq yoshlari Amerikaning ETS Global tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro TOEFL ITP testlarini universitet binosida topshirish imkoniyatiga ega bóldilar.

🤩Yiğilishda shuningdek, ETS Global tashkilotining Yevropa va Osiyo mamlakatlarida testlarni rivojlantirishga biriktirilgan mutaxassisi Karina Anvarova hamda Angren universiteti rahbariyat vakillari ishtirok etishdi.

Yiģilish davomida Angren universiteti rektori Komil Sindarov , Pedagogika va tillar fakulteti dekani Ziyodulla Burxonov hamda Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri Uluģbek Akromovlar sòzga chiqib, ushbu hamkorlikning universitet talabalari kelajagida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab òtishdi.
Majlis sóngida Xalqaro tashkilot vakilasi Karina Anvarova tomonidan Angren universiteti talabalari ishtirokida TOEFL oilasi testlari haqida seminar tashkil etildi va talabalar ózlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Mehmonlarga Angren universiteti nomidan esdalik sovğalari taqdim etildi.

Ma'lumot órnida shuni aytib òtishimiz joizki, ETS Global tomonidan yaratilgan testlar butun dunyo bo'ylab 160 mamlakat hamda 12 000 dan ziyod Oliy ta'lim muassasalari va tashkilotlar tomonidan tan olinadi. Shu jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada, Irlandiya kabi bir qator rivojlangan mamlakatlarning barcha ta'lim muassasalari TOEFL sertifikatlarini qabul qilishdan mamnun.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
👍Instagram | 👍Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Xalqning ozodlikka, o‘zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish muhim o‘rin tutadi.
O‘zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir.
21-oktabr til bayrami barchamizga muborak bo‘lsin !

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
👍Instagram | 👍Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Assalomu alaykum hurmatli Angren universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalar! 24 oktabr kuni soat 10.00da "O‘zbekiston" nashriyotining kitob savdosi tashkil qilinadi. Tadbirni tashkil qilishdan maqsad turli mavzulardagi, qiziqarli adabiyotlar bilan siz azizlarni bahramand qilish. Kelishi kutilayotgan adabiyotlarni orasida siz anchadan buyon qidirib yurgan kitoblar bor. Kitob savdosida faol bo‘lib, ARMga ham dastxatingiz bilan sovg‘a sifatida in’om etishingiz mumkin. Savdo bosh binoga kirish joyda tashkil qilinadi.
Axborot-resurs markazi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
👍Instagram | 👍Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

Talabalik oldin davrim !

Inson hayotining eng yorqin pallalaridan biri talabalik davridir. Talabalikni inson umrining oltin davriga qiyoslanganligi bejiz emasdir. Chunki inson o'zining mazmunli hayoti davomida bir marta o'quvchi va bor marta talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ladi. Zero, talabalik inson umrining takrorlanmas va unutilmas bahoridir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
👍Instagram | 👍Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

📢1-bosqich fanlaridan akademik qarzdorligi mavjud talabalar diqqatiga
Akademik qarzdorlikni bartaraf etish muddati 10-oktyabrdan 10-noyabrga qadar etib belgilanganligini ma’lum qilamiz. Murojaat uchun fakultet dekanatiga uchrashishingiz va qayta o’zlashtirish uchun ruxsat olishingiz mumkin .

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
👍Instagram | 👍Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥
Sirtqi yo‘nalishga qabul qilingan 1-2 bosqich talabalari diqqatiga

🎓Siz Angren universitetida sirtqi yo‘nalish talabasimisiz?

Unda siz kontrakt to‘lovini 31-oktyabrga qadar to‘lab, to‘lov qog’ozini va o‘qishga kirish bilan bog‘liq barcha hujjatlarning asl nusxasini marketing bo’limiga (107-107/1 xona) ga olib kelishingizni so‘raymiz.

👨‍💼Eslatib o’tamiz to’lov shartnomani 50% to’lagan sirtqi ta’lim 1-bosqich talabalariga dars jarayonlari 16-oktyabrdan boshlangan .

☎️Bog’lanish uchun;
📞 +99894 598 88 88
📞+99855 901 88 80
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Angren universitetida bugun maʼrifiy ziyo taratuvchi tadbir – kitob yarmarkasi tashkil etildi

Universitetning maʼnaviy intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, Ona Vatan va xalqimizga muhabbat, sadoqat tuygʻularini yanada oshirish va kitob mutolaasi madaniyatini targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan kitob yarmarkasi mutaxassislar qiziqishiga boy boʻldi.
Barcha ishtirokchilar shunday tadbirlarni koʻpaytirish tarafdori ekanligini taʼkidlashdi.
-Kitobxonlik har doim ham barchaga suv va havodek zarur -deya fikr bildirdilar Angren universiteti rektori K.O.Sindarov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
👍Instagram | 👍Facebook | 📩Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parolni_tiklash_instruksiyasi (talaba).pdf
301.9 KB
🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠
#eslatma

Hemis tizimiga kirishda muammo yuzaga kelsa, ushbu yo’riqnoma bilan tanishib chiqing


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
👍Instagram | 👍Facebook | 📩Telegram
2024/10/01 22:38:35
Back to Top
HTML Embed Code: