Telegram Web Link
📣Diqqat tanlov!
Angren universitetining “Bir oyda – bir kitob” tashabbusi doirasida
“Kitob va kitobxonlik haqida eng sara rivoyatlar”
tanlovini o‘tkazadi. Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Gʻoliblar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlanadi va ular taqdim etgan diqqatga sazovor rivoyatlar universitet jamoasi tomonidan nashrga tayyorlanayotgan 📚“Kitob – saodatning kaliti” to‘plamiga kiritiladi.
Materaillar @Manazarov_AU telegramm linkiga shu yilning 13 yanvariga qadar yuborilishi lozim.

Hurmat bilan: Tanlov komissiyasi.
🟥🟥🟥

Hurmatli 2-bosqich 1-oqimga keladigan sirtqi yo’nalish talabalari

O‘qish 2024-yil 15-yanvar kunidan boshlanishini ma’lum qilamiz
Dars jarayonlari Hemis dasturi doirasida bo’lib o’tadi .
To’lov-shartnomangizni amalga oshirishingizni , to’lov qog’ozini 107-xonaga taqdim etishingizni so’raymiz

2-o‘quv bino manzili:
Bunyodkor ko‘chasi,  Angren universiteti 2-o‘quv binosi
Mo’ljal: (Osiyo to‘yxonasi qarama-qarshi tomoni)


📞Bog’lanish uchun;
+99894 598 88 88
+99855 901 88 80


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook | 📩Telegram |🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇸🇬🇺🇿 Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan bo’lgan Singapur Angren universitetinining navbatdagi hamkori!

📌Joriy yilning 5-yanvarida Angren universiteti Xalqaro hamkorlik bo’limi vakillari hamda Singapurning ERC instituti vakillari bilan masofaviy muhokama uchrashuvi tashkillashtirildi va ikki OTM o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

📣ERCI Singapur davlatining nufuzli institutlaridan bo’lib, bir qator tayyorlov kurslari va 10dan oshiq oliy ta’lim yo’nalishlarini taqdim etadi. Bu xalqaro institut 10,000dan ziyod bitiruvchi talabalar ulushiga ega va ularni 38 xil millat vakillari tashkil etadi.


💥Kelgusida,ushbu manfaatli hamkorlik har ikki tomonning ilmiy-akademik taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shadi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook | 📩Telegram |🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦
🟥🟥🟥

🏛️Angren universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan 2024-yil 10-yanvar kuni II bosqich “Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim” va “Pedagogika va psixologiya” talabalari 3 oylik “Malakaviy amaliyot” faoliyati yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📢Tadbirda Manaviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor U.M.Yusupov,
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i A. Q. Ismailov,
Fakultet dekani Z. Burxonov,
Kafedra mudiri N.X. Irbutayev va kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, talabalar bilan qizg‘in suhbatlar olib borildi.
⚡️Talabalar amaliyot o‘tayotgan ta’lim maskanlaridagi yutuq va kamchiliklar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook | 📩Telegram |🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endilikda talabalar, haq to‘lanadigan amaliyot o‘tashi mumkin.

Oliy ta’lim talabalarining ishlab chiqarish korxonalarida haq to‘lanadigan amaliyot tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ushbu amaliyot uchun har yili bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.Tanlovga 500 ta o‘rin ajratiladi. (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan). Amaliyot 1 oydan 3 ochgacha muddatda amalga oshiriladi.

Amaliyot bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq 15 kun davomida qoplanadi.

#huquqiyyangiliklar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟩🟩
🟥🟥🟥🟥
🟩🟩🟩🟩

🏛️2024-yil 11-yanvar kuni Bolalar milliy tibbiyot markazi, Bolalar gematologiya va onkologiya bo‘limi boshlig‘i , Sog‘liqni saqlash sohasi a’lochisi Iskandarov Kamoliddin Zayniddinovich Angren universiteti tibbiyot fakulteti mehmoni bo’ldi

⚡️Seminarda Tibbiyot kafedrasining
1-bosqich talabalari hamda kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etdi .
,, Bolalar gemotologiya va onkologiya bo’limi va sohasi ‘’ mavzusida bo’lib o’tgan davra suhbati tom ma’noda talabalarda motivatsiya hissini ruhlantirdi . O’zbekistonda tibbiyot sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklar , bolalar onkologiyasida tibbiyotning yechimi kabi mavzularda fikr almashildi, talabalar o’zlari tanlagan yo’nalishi bo’yicha mutaxassis tomonidan tavsiyalar berildi .
O’z sohasining yetuk mutaxassislari Angren universetida ko’rish katta faxr va sharafdir .



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook | 📩Telegram |🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 12:16:04
Back to Top
HTML Embed Code: