Telegram Web Link
📢📢📢📢📢
📌📌📌📌📌
#yangiyil_shukuhi
#qasamyod

2023-2024 o‘quv yilida Angren universitetida yangi ochilgan
Tibbiyot fakulteti “Davolash ishi” yo‘nalishining birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar shifokorlik qasamyodini qabul qildilar.
Unda universitetning rektori K.O.Sindarov, Angren universiteti direktori SH.X.Sadiyeva , Davolash ishi fakulteti dekani S.Ismatullayeva, Sog‘liqni saqlash sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan tibbiyot faxriylari so‘zga chiqishdi.
Tadbir davomida san’atkorlarning badiiy chiqishlari, turli xil ko’ngilochar chiqishlar bilan namoyish etildi.

📞Bog’lanish uchun;
+99894 598 88 88
+99855 901 88 80

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook | 📩Telegram |🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat
#ustoz

Bir kuni yaponiyalik hamkasbim, muallim Yamamotadan so‘radim:
— Yaponiyada o‘qituvchilar kuni qachon nishonlanadi, uni qay tarzda nishonlaysizlar?
Yamamota savolimdan ajablanib shunday javob berdi:
— Bizda umuman o‘qituvchilar kuni yo‘q.

Uning javobini eshitib, unga ishonish-ishonmaslikni bilmay qoldim. Miyamga bir fikr keldi: "Iqtisodiyot, fan va texnika rivojlangan mamlakat nega o‘qituvchiga, uning mehnatiga bu qadar hurmatsizlik bilan munosabatda ekan-a?"

Ishdan keyin Yamamota meni mehmondorchilikka uyga taklif qildi. U maktabdan uzoqda yashaganligi sababli biz metroda ketdik. Kechki tig‘iz vaqt bo‘lgani uchun, metro poyezdlari odamlarga to‘la edi. Tiqilinchdan biroz siqilgancha, tutqichdan mahkam ushlab turdim. To‘satdan yonimda o‘tirgan otaxon menga joy berdi. Qari insonning bu qadar hurmati munosabatini tushuna olmay men uning taklifini qabul qila olmas edim, lekin u niyatida qat’iy turgani uchun men o‘tirishga majbur bo‘lgan edim.

Metrodan chiqqandan so‘ng men Yamamotadan oqsoqolning ushbu hatti-harakatini tushuntirib berishini so‘radim. Yamamota tabassum qildi va mening muallimlik ko‘krak nishonimga ishora qilib, shunday dedi:
— Bu qariya sizning muallimlik nishoningizni ko‘rdi va maqomingizga hurmat belgisi sifatida o‘z o‘rnini sizga bo‘shatdi.

Muallim Yamamotaning xonadoniga ilk bor tashrif buyuryotganim sababli quruq qo‘l bilan borish biroz noqulay edi va men biror sovg‘a sotib olishga qaror qildim. Men Yamamotaga ushbu qarorimni bayon qilganimda, u meni qo‘llab-quvvatlab, oldinda o‘qituvchilar uchun do‘kon borligini, u yerda men arzon narxlarda mahsulot sotib olishim mumkinligini aytdi. Men yana hissiyotlarimni yashira olmay:
— Imtiyozlar faqat o‘qituvchilarga beriladimi? — deb so‘radim.
Yamamota mening so‘zlarimni tasdiqlab, shunday dedi:
— Yaponiyada o‘qituvchi — eng hurmatli kasb, eng hurmatli inson. Yaponiyalik tadbirkorlar do‘konlariga o‘qituvchilar kirsa juda xursand bo‘lishadi va buni o‘zlari uchun katta sharaf deb bilishadi.

Yaponiyada bo‘lgan vaqtlarimda, men bir necha bor yaponlarning o‘qituvchilarga qay darajada hurmat ko‘rsatishlariga guvoh bo‘ldim. Metroda ular uchun alohida joylar mavjud, ular uchun alohida do‘konlar ochilgan, o‘qituvchilar har qanday transport turiga chipta olish uchun navbatda turishmaydi. Hayotining har bir kuni bayramdek bo‘lganidan keyin, nega endi yapon o‘qituvchilariga alohida bayram kerak?

Ushbu voqeani so‘zlar ekanman, men butun qalbim bilan bizning jamiyatimiz ham ustozlarga yuksak darajada munosabatda bo‘ladigan va o‘qituvchilar ham bunday yuqori martabaga munosib bo‘ladigan
darajaga erishishini istar edik .


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook | 📩Telegram |🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 LEADERS' ACADEMY
OFFLINE TRAINING 🔥

🖇 Shahzoda Karimboyeva

• Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi
• Yosh kitobxon Respublika tanlovi Spark avtomobili sohibasi
• Fienberg Respublika granti sohibasi.
• Respublika va xalqaro tanlovlar g'olibi
• IELTS 7,5
• SAT 1340

📍 Angren universiteti 2-bino
23-dekabr 11:00
📌 Grantlar, loyihalar va kitobxonlik haqida gaplashamiz!

Respublika festival va tanlovlari, kitobxonlik bo'yicha qizg'in savol-javoblar, ko'plab ma'lumotlarni Zulfiyaxonim qizidan o'rganamiz!

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING:
instagram | telegram
🗓 #bugun #kuntarixi

Bugun 22 dekabr — voiz, notiq, adiba, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqova (1944–2017) tavallud topgan kun.

Kitoblari:
▪️“Bolam derman” (2001), 
▪️“Qaynonalik ilmi” (2002), 
▪️“Kelin bo‘lish ilmi” (2002),
▪️ “Kuyov bo‘lish ilmi” (2003), 
▪️“Murabbiylik ilmi” (2003), 
▪️“Yashash tilsimi” (2004), 
▪️“Rizolik izlab” (2006), 
▪️“Atirgul isi” (2007), 
▪️“Ayolga qasida” (2010), 
▪️“So‘z sehri”, 
▪️“Dildagi nur” (2011), 
▪️“Men kimni sevdim”, 
▪️“Baxt qayerda?”, 
▪️“Umr bittadir”, 
▪️“Bugungi erkak” (2012), 
▪️“Saylanma” va b.


Siz, adibaning qaysi kitoblarini o‘qigansiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟥🟥🟥🟥

🏛Angren universiteti tashabbusi bilan ilgari surilayotgan "Bir oyda bir kitob" dasturi doirasida Xorijiy til va adabiyoti yónalishi talabalari O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari taqdimotini o'tkazishdi. Taqdimot davomida talabalar o'zaro fikr almashish bilan bir qatorda, asar asosida tayyorlangan qisqa parchadan ma'naviy ozuqa oldilar. Pedagogika va tillar fakulteti ma'naviyat ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Soliya Gofurova hamda Xorijiy til va adabiyoti kafedra mudiri Ulug'bek Akromovlar taqdimot so'ngida so'zga chiqib, talabalarga kitob o'qishning bugungi kunda nechog'lik dolzarb masala ekanligi haqida ta'kidlab o'tdilar va kelgusida bu targ'ibotni yanada keng yoyishda talabalarning ham ishtiroki zarurligiga alohida urg'u berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook | 📩Telegram |🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023 yilning 21 dekabr kuni Angren universitetining "Bir oyda bir kitob" tashabbusi asosida o‘tkazilgan "Kitob-saodat kaliti" nomli Respublika ilmiy-amaliy anjumanidagi bildirilgan fikr va g‘oyalarni keng jamoatchilikka targ‘ib qilish maqsadida, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, ijodkor Qayumov Baxtiyor Ishbayevich bilan uchrashuv o'tkazildi

✔️Pedagogika, ta’lim-tarbiya fanlari hamda ijodga qiziquvchi kitobxonlar bilan birgalikda, universitet rektori Komil Sindarov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Avaz Jo‘rayev, filologiya fanlar nomzodi, dotsent Feruza Eshboyeva, MMIB prorektor Ulug‘bek Yusupov, katta o‘qituvchi Gulovza G‘ozibekova va Botir Doniyorovlar ishtirok etishdi. Baxtiyor Ishbayevichning ilmiy, pedagogik, adabiy faoliyati to‘g‘risida qatnashchlarlar so‘zga chiqib, kitobxonlar tomonidan berilgan savollarga to‘la-to‘kis, qoniqarli javoblar berishdi. Tadbir davomida qatnashchilar “tashabbusni” qo‘llab-quvvatlashlari haqida o‘zlarining fikrlarini bildirishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring📺
🌐Instagram | 🌐Facebook | 📩Telegram |🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 06:29:19
Back to Top
HTML Embed Code: